Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“O‘zDongJu” futbolchisi Islombek Karimovning goli “Sho‘rtan”ni O‘zbekiston Kubogidan chiqarib yubordi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 522           Дата: 19-03-2016, 21:36          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi 1/16 final bellashuvlari 18-mart, juma kuni start oldi. Faqatgina bir uchrashuvdan iborat bu bosqichda Oliy Liga klublari, reglament bo‘yicha, Birinchi Liga vakillari maydonida kurash olib boradi, deya xabar bermoqda O‘zPFL matbuot xizmati.

“O‘zDongJu” futbolchisi Islombek Karimovning goli “Sho‘rtan”ni O‘zbekiston Kubogidan chiqarib yubordi

18-mart kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning natijalariga ko‘ra, “Qo‘qon-1912”, “Metallurg” va “Olmaliq” jamoalari keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Bugun, 19-mart kuni yana 1/16 final doirasida yana olti o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bosqichning o‘ziga xos juftligida Muborakning “Mash’al” jamoasi o‘z farm-klubiga qarshi saf tortdi. Asosiy va qo‘shimcha daqiqalarda asosiy tarkib futbolchilari yoshlar jamoasi darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Qo‘shimchasiga Zohir Qo‘ziboyev 113-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Faqatgina penaltilar seriyasi “Mash’al”ni qutqarib qoldi.

Andijonda sensatsion natija qayd etildi — Oliy Liga vakili “Sho‘rtan” mahalliy “O‘zDongJu” klubiga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 66-daqiqada Islombek Karimov hisobiga yozildi. Viloyatning Oliy Ligadagi vakili — “Andijon” esa Nemanya Yovanovichning dubli evaziga Zomindan g‘alaba bilan qaytdi.

Ertaga, 20-mart kuni 1/16 finalning qolgan uchta o‘yini bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Kubogi—2016
1/16 final bosqichi
18-mart, juma
“NBU-Osiyo” — “Qo‘qon-1912” 2:3 (asosiy vaqt — 2:2, qo‘shimcha vaqt — 0:1)
“Xotira-79” — “Metallurg” 0:3
“Nurafshon” — “Olmaliq” 0:2 (asosiy vaqt — 0:0, qo‘shimcha vaqt — 0:2)

19-mart, juma
“Oq-tepa” — “Obod” 0:5
“O‘zDonJu” — “Sho‘rtan” 1:0
“Sementchi” — “Navbahor” 2:3
“Mash’al-2” — “Mash’al 0:0 (penaltilar seriyasi — 7:8)
“Zomin” — “Andijon” 0:2
“Qizilqum” — “Orol” 5:0

20-mart kuni o‘tkaziladigan uchrashuvlar ro‘yxati
“Yozyovon-Lochinlari” — “Buxoro”
“Dinamo” — “Neftchi”
“Paxtakor-2” — “So‘g‘diyona”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн