Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Dostonbek Hamdamov va Jaloliddin Masharipov sog‘lig‘idagi muammolar tufayli terma jamoa lagerini tark etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 890           Дата: 19-03-2016, 18:20          
17-mart kuni Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 ikkinchi saralash bosqichi so‘nggi ikki o‘yinidan oldin yig‘inga kirishdi. Avvalroq esa Samvel Babayan JCh–2018 Filippin va Bahraynga qarshi o‘yinlar uchun chaqirilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini ma’lum qilgan edi.

Dostonbek Hamdamov va Jaloliddin Masharipov sog‘lig‘idagi muammolar tufayli terma jamoa lagerini tark etdi

O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan terma jamoaning ikki nafar a’zosi – “Bunyodkor” klubining hujumkor yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov hamda “Paxtakor” jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov sog‘lig‘idagi muammolar tufayli terma jamoa lagerini tark etdi.

Hamdamov davolanish kurslariga ehtiyoji bor bo‘lgani sabab terma jamoa bilan mashg‘ulotlarni to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi. Uning o‘rniga “Bunyodkor”ning boshqa bir futbolchisi – Akrom Komilov terma jamoa mashg‘ulotlariga jalb etildi. Jaloliddin Masharipovning terma jamoa mashg‘ulotlari davomida jarohati bezovta qildi va unga ham murabbiylar shtabi davolanish uchun javob berdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati–2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yini Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining 24-mart kuni Filippinga qarshi hamda 29-mart kuni Bahraynga qarshi bo‘ladigan o‘yinlari 18:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ikki o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasi olti uchrashuv o‘tkazib, 15 ochko to‘plagan holda “H” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Guruhda hozircha 7 uchrashuvda 16 ochko jamg‘argan KXDR terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031