Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bundesliga. 27-turning markaziy o‘yinida g‘olib chiqqan “Shalke” 4-o‘ringa ko‘tarildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 200           Дата: 19-03-2016, 15:36          
Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasida 18-mart, juma kuni 27-tur bellashuvlari start oldi. Dastlabki kunga faqatgina bitta o‘yin tayin qilingan bo‘lib, unda Chempionlar Ligasi uchun kurash olib borayotgan ikki jamoa — “Shalke” va “Borussiya Myunxengladbax” o‘zaro to‘qnash keldi.

Bundesliga. 27-turning markaziy o‘yinida g‘olib chiqqan “Shalke” 4-o‘ringa ko‘tarildi

Birinchi bo‘limida hisob ochilmagan o‘yinning 59-daqiqasiga kelib mehmonlar himoyachisi Martin Xinteregger o‘z darvozasini ishg‘ol etib, mezbonlar ishini yengillashtirdi. 79-daqiqada “Borussiya”ning boshqa bir himoyachisi Andreas Kristensen mavsumdagi ikkinchi golini urib, hisobni tenglashtirdi.

Ammo Myunxengladbax klubi durang natijani ushlab qola olmadi. To‘rt daqiqadan keyin Leon Goretska “Shalke” uchun ikkinchi golni urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi — 2:1.

Mazkur jamoalarning Myunxengladbaxda kechgan o‘yinida “Borussiya” 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi. 27 ta o‘yinda 44 ochko to‘plagan “Shalke” 4-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, shuncha bellashuvda 42 ochkoga ega chiqqan “Borussiya” 5-o‘rinni egallab turibdi.

Germaniya Bundesligasi
27-tur uchrashuvi
18-mart, juma
“Shalke” — “Borussiya Myunxengladbax” 2:1
Gollar: Xinteregger, 59, avtogol (1:0). Kristensen, 79 (1:1). Goretska, 83 (2:1).

Turning qolgan o‘yinlari 19—20-mart kunlari bo‘lib o‘tadi:

19-mart, shanba
“Verder” — “Maynts”
“Volfsburg” — “Darmshtadt”
“Gamburg” — “Xoffenxaym”
“Gerta” — “Ingolshtadt”
“Kyoln” — “Bavariya”
“Ayntraxt” — “Gannover”

20-mart, yakshanba
“Shtutgart” — “Bayer”
“Augsburg” — “Borussiya Dortmund”

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн