Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Yevropaning eng boy ikki jamoasi” to‘qnashuvi va Messining “Atletiko”ga 25 o‘yinda urgan 27 goli. YeChL chorak final juftliklari haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 244           Дата: 18-03-2016, 21:44          
Bugun, 18-mart kuni Shveysariyaning Nyon shahrida futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. UEFA rasmiy sayti chorak finla juftliklarining har biriga alohida ta’rif berib bordi.

“Yevropaning eng boy ikki jamoasi” to‘qnashuvi va Messining “Atletiko”ga 25 o‘yinda urgan 27 goli. YeChL chorak final juftliklari haqida

“PSJ” — “Manchester Siti”

Mazkur juftlik aniqlanishi bilan UEFA rasmiy sayti unga: “Yevropaning ayni vaqtdagi eng boy ikki jamoasi”, deb ta’rif berdi. Parij va Manchester shahri jamoalari hozirga qadar o‘zaro faqatgina bir marta — 2008/2009-yilgi mavsumda UEFA Kubogining guruh bosqichida to‘qnash kelgan. Angliyada bo‘lib o‘tgan o‘yinda hisob ochilmagan edi.

“Volfsburg” — “Real Madrid”

Bu juftlik hozirga qadar Yevropa miqyosidagi turnirlarda o‘zaro uchrashmagan. “Volfsburg” klubi a’zosi Yulian Draksler “Shalke” sharafini himoya qilayotganida Chempionlar Ligasi nimchorak finalida “Real Madrid” bilan ikki bor to‘qnash kelgan. Qiziq tomoni, “Shalke” 4:3 hisobida g‘alaba qozongan bitta o‘yinda Draksler ko‘rinish bermagan.

“Bavariya” — “Benfika”

Mazkur jamoalarning so‘nggi olti to‘qnashuvida Portugaliya klubi g‘alaba qozona olmagan. Ikkita bellashuvda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, qolgan to‘rtasida Myunxen klubining qo‘li baland kelgan. Bu ikki jamoa so‘nggi bor 1995-yilda o‘zaro maydonga tushgan.

“Yevropaning eng boy ikki jamoasi” to‘qnashuvi va Messining “Atletiko”ga 25 o‘yinda urgan 27 goli. YeChL chorak final juftliklari haqida

“Barselona” — “Atletiko Madrid”

Madrid jamoasi ketma-ket uchinchi mavsum chorak finalda Ispaniya klubi bilan to‘qnash kelmoqda. Ikki yil muqaddam Diyego Simeone jamoasi “Barselona”ni turnirdan chiqarib yuborgan edi. “Kamp-Nou”da 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan bo‘lsa, Madridda “Atletiko” yagona gol evaziga zafar quchgan. O‘tgan mavsumda esa “Real” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Atletiko”dan 1:0 hisobida ustun kelgan.

Ahamiyatli tomoni, Kataloniya klubi “Atletiko”ga qarshi o‘zaro o‘yinlarning so‘nggi oltitasida g‘alaba qozongan. Messi bu o‘yinlarning beshtasida gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Umuman olganda, Messi “Atletiko” uchun eng xavfli futbolchi. Argentinalik hujumchi mazkur jamoaga qarshi 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031