Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Yaponiyadagi musobaqa guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 774           Дата: 18-03-2016, 15:40          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Yaponiyadagi xalqaro turnirni mezbonlarga qarshi o‘yin bilan boshlab, penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandi. O‘FF rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, Ahmadjon Musayev shogirdlari 17-mart kuni kunning ikkinchi yarmida guruhdagi ikkinchi uchrashuvni o‘tkazdi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Yaponiyadagi musobaqa guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi

Pekin U-17 jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda Jahongir Ahmedovning yagona goli o‘zbekistonlik futbolchilarning g‘alabasini ta’minladi.

Turnir reglamentiga ko‘ra, Yaponiyaga qarshi o‘yinda penaltilar seriyasiga yetib borib, mag‘lubiyatga uchragani uchun O‘zbekiston U-17 1,5 ochko ishlab olgandi. Xitoylik futbolchilar ustidan qozonilgan asosiy vaqtdagi g‘alabadan keyin esa ochkolar soni 5,5 taga yetdi.

Bugun, 18-mart kuni bo‘lib o‘tgan guruhning uchinchi o‘yinida Ahmadjon Musayev jamoasi Janubiy Koreya U-17 bilan to‘qnash keldi. Bellashuv 0:0 hisobida yakuniga yetdi. Penaltilar seriyasida aniqroq harakat qilgan o‘zbekistonlik futbolchilar 6:5 hisobida zafar quchib, 2,5 ochkoga ega chiqdi.

Guruh yakuniga ko‘ra Yaponiya 10,5, O‘zbekiston 8 ochko bilan navbatdagi bosqichga yo‘llanma oldi. 16 ta jamoa ishtirok etayotgan turnirning qolgan guruhlarida Yaponiyaning 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan jamoalari ishtirok etmoqda.

Turnirning navbatdagi o‘yinlari ertaga, 19-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston U-17 qaysi jamoaga qarshi to‘p surishi haqida O‘FF matbuot xizmati ma’lum qilmagan.

SANIX xalqaro kubogi

1-tur
Yaponiya U-17 — O‘zbekiston U-17 0:0 (penaltilar seriyasi — 5:3)
Janubiy Koreya U-17 — Pekin U-17 1:0

2-tur
O‘zbekiston U-17 — Pekin U-17 1:0
Janubiy Koreya U-17 — Yaponiya U-17 0:3

3-tur
O‘zbekiston U-17 — Janubiy Koreya U-17 0:0 (penaltilar seriyasi — 6:5)
Yaponiya U-17 — Pekin U-17 8:1

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031