Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonlik tennischilar Jo‘rabek Karimov va Humoyun Sultonov Toshkentdagi turnirning yarim finaliga chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 437           Дата: 18-03-2016, 15:40          
Kecha, 17-mart kuni Toshkent shahridagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ITF turkumidagi Tashkent ITF Juniors tennis musobaqasining chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Sports.uz”.

O‘zbekistonlik tennischilar Jo‘rabek Karimov va Humoyun Sultonov Toshkentdagi turnirning yarim finaliga chiqdi

Musobaqaning birinchi raketkasi sifatida e’tirof etilgan o‘zbekistonlik Jo‘rabek Karimov chorak finalda rossiyalik Mixail Sokolovskiyga qarshi bahs olib bordi va 6:4, 6:3 hisobida zafar quchib, yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonlik tennischilar Jo‘rabek Karimov va Humoyun Sultonov Toshkentdagi turnirning yarim finaliga chiqdi

Yana bir o‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov chorak final bahsida latviyalik Rudolf Mednisga qarshi kortga chiqdi. Unda 6:1, 6:3 hisobi qayd etilib, o‘zbekistonlik tennischining foydasiga hal bo‘ldi. Humoyun Sultonov ham yarim finalga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Karimov birinchi davrada Janubiy koreyalik Yongseok Jongni 6:2, 6:0, ikkinchi davrada esa belaruslik Aleksandr Leonenkoni 6:2, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Humoyun Sultonov chorak finalga qadar britaniyalik Lyuis Nyumanni 6:1, 6:3 hamda fransiyalik Kleman Taburni 6:1, 6:2 hisobida taslim qilgan edi.

Tashkent ITF Juniors (G2). Chorak final natijalari

Jo‘rabek Karimov (O‘zbekiston, 1) – Mixail Sokolovskiy (Rossiya, 5) – 6:4, 6:3

Humoyun Sultonov (O‘zbekiston, 2) – Rudolf Mednis (Latviya, 7) – 6:1, 6:3

Elister Grey (Buyuk Britaniya, 4) – Ben Dreyper (Buyuk Britaniya) – 6:7, 6:4, 7:6

Finn Bass (Buyuk Britaniya, 6) – Jek Molloy (Buyuk Britaniya) – 7:6, 6:1

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн