Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter o‘zining futboldan chetlatilishi yuzasidan Sport arbitraj sudiga apellyatsiya berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 210           Дата: 18-03-2016, 12:20          
FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter futbol bilan bog‘liq milliy va xalqaro miqyosdagi barcha vazifalardan chetlashtirilgani yuzasidan apellyatsiya berdi. Bu haqda, Lozannada joylashgan Sport Arbitraj Sudi matbuot xizmatiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter o‘zining futboldan chetlatilishi yuzasidan Sport arbitraj sudiga apellyatsiya berdi

“Blatter shu yilning 16-fevral kuni FIFA apellyatsiya qo‘mitasi chiqargan qaror bo‘yicha Sport arbitraj sudiga apellyatsiya berdi”, — deyiladi sud xabarida.

Sobiq prezident o‘z shikoyatida FIFAning etika va apellyatsiya qo‘mitalari chiqargan qarorning bekor qilinishini so‘ragan. SAS xabariga ko‘ra, apellyatsiyani ko‘rib chiqish ishi boshlandi.

Endi Blatter tomoni va FIFA rasmiylari o‘z pozitsiyalarini yozma ravishda sudga taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Shundan keyin ish sudning uch kishidan iborat hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Shveysariya federal adliya byurosi 2015-yilning 25-sentabr kuni Blatterga qarshi jinoiy ish ochgandi. Bunga FIFA prezidentining 2011-yilda UEFAning o‘sha vaqtdagi prezidenti Mishel Platini hisob raqamiga noqonuniy ravishda 2 million Shveysariya franki o‘tkazgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Oktabr oyi boshida esa FIFA etika qo‘mitasi Blatter hamda Platinini futbol bilan bog‘liq ishlardan 90 kunga chetlatdi. Ish o‘rganib chiqilgach, FIFA arbitraj palatasi 21-dekabr kuni har ikki mulozimga nisbatan qo‘llanilgan jazo muddatini 8 yilgacha uzaytirdi.

FIFA bayonotida jazoga sabab sifatida Blatter UEFA prezidenti Mishel Platini hisob raqamiga nima sababdan 2 million frank o‘tkazganini yuridik tomondon tushuntira olmagani, pul o‘tkazish qonuniy ekanligini isbotlay olmagani ko‘rsatilgan.

Qayd etish kerak, 2016-yilning 7-yanvar kuni Mishel Platini FIFA prezidentligi uchun da’vogarlar ro‘yxatidan o‘z nomzodini oldi. 24-fevral kuni Blatter va Platiniga qo‘llanilgan jazo muddati 6 yilgacha qisqartirildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн