Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Old Trafford”da Yevropa Ligasi uchrashuviga tashrif buyurgan muxlislar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 146           Дата: 18-03-2016, 12:20          
Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi nimchorak finali javob uchrashuvlari doirasida Angliyaning ikki klubi — “Manchester Yunayted” va “Liverpul” kecha, 17-mart kuni “Old Trafford” stadionida to‘qnash keldi. UEFA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 1:1 hisobi bilan yakun topgan uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga Yevropa Ligasi tarixidagi rekord darajada ko‘p — 75 180 nafar futbol ishqibozi tashrif buyurdi.

“Old Trafford”da Yevropa Ligasi uchrashuviga tashrif buyurgan muxlislar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

“Yunayted”ning turnirni tark etishi bilan yakun topgan o‘yiniga qadar rekord Kiyevning “Dinamo” klubiga tegishli bo‘lib turgandi. O‘tgan yilning 19-mart kuni Ukraina jamoasi Angliyaning “Everton” klubini qabul qilganida, “Olimpiyskiy” stadioniga 67 553 nafar ishqiboz tashrif buyurgan.

Qiziq tomoni, bu borada 3-o‘rin ham “Old-Trafford”ga tegishli bo‘lib, 2012-yil “Yunayted”ning muvaffaqiyatsiz o‘yinini 67 328 muxlis stadionda kuzatgan. O‘shanda Gollandiyaning “Ayaks” klubi Manchesterdan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytib ketgandi.

Guruh bosqichiga muxlislar tashrifi borasida Dortmundning “Borussiya” klubi peshqadam. Musobaqadagi ishtirokini davom ettirayotgan Bundesliga vakili guruh bosqichi doirasida o‘tgan yilning noyabr oyida Ozarbayjonning “Gabala” jamoasini qabul qilganida, stadionga 57 000 ishqiboz tashrif buyurgan.

Musobaqa Yevropa Ligasi nomini olgunicha, musobaqa doirasidagi uchrashuvlarga tashrif buyurish bo‘yicha bundan-da katta rekordlar qayd etilgan. Xususan, 1973-yil bo‘lib o‘tgan “Real” — “Ipsvich” uchrashuvini 110 000 muxlis stadionda kuzatgan. Bular qatorida 1992-yilgi “Real — “Torino” (93 000), 1977-yilgi “Dinamo” Kiyev — “Ayntraxt” (92 000), 2001-yilgi “Barselona” — “Liverpul” (90 832) o‘yinlarini ham eslab o‘tish mumkin.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн