Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qozog‘iston Superkubogi uchun bahsni boshqargan Ravshan Ermatovga 10 ming yevro to‘langanligi haqidagi xabar rad etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 526           Дата: 18-03-2016, 12:20          
2016-yilning 8-mart kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi “Ostona-Arena” o‘yingohida mamlakat Superkubogi uchun bahsni o‘zbekistonlik FIFA referisi, xalqaro toifadagi hakam Ravshan Ermatov boshqarib bordi. OAVda Ermatovning xizmatlari uchun 10 ming yevro to‘laganligi haqida xabar tarqalgan edi. Bu masalaga Qozog‘iston futbol federatsiyasi Bosh kotibi Azamat Aytxojin “Vesti.kz”ga bergan intervyusida aniqlik kiritdi.

Qozog‘iston Superkubogi uchun bahsni boshqargan Ravshan Ermatovga 10 ming yevro to‘langanligi haqidagi xabar rad etildi

“Qozog‘iston Superkubogi uchun bo‘lib o‘tadigan bahslarga bir necha yillardan buyon chet ellik hakamlarni taklif qilamiz. Ermatov – yuqori darajadagi referi. Uning ishtirokida yosh hakamlarga mahorat darslari o‘tkazildi. Biz yosh hakamlarlar uchun katta tajribaga ega va yuqori darajada ishlagan referilardan yangi saboqlar o‘rganish uchun imkon yaratyapmiz. Ravshan Ermatov ismining o‘zi bir yoqlamalik va yon bosish degan so‘zlarni yo‘qqa chiqaradi. Bu esa, maydonda to‘p surayotgan futbolchilar bosimini tushiradi va ular faqatgina sifatli futbolga e’tibor qaratadi. Qozog‘iston va O‘zbekiston futbol federatsiyalarining o‘zaro hamkorligi evaziga Qozog‘iston Superkubogi kabi muhim uchrashuvga hurmatga sazovor bo‘lgan Ravshan Ermatovni taklif qilish imkoni yaraldi. Biz hakamlar brigadasiga faqatgina yo‘l haqi va Ostona shahrida turar joyini to‘lab berdik. Menimcha, Ermatovning taklif qilinishi futbol bayrami maqomi ostida o‘tgan Qozog‘iston Superkubogiga yanada ko‘proq obro‘ qo‘shdi”, – deydi Azamat Aytxojin.

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston Superkubogi uchun bahsda mamlakat chempioni “Ostona” jamoasi Qozog‘iston Kubogi sohibi “Qayrat”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida hisob ochilmadi. G‘olibni aniqlash uchun o‘tkazilgan penaltilar seriyasida esa “Qayrat” 5:4 hisobida zafar quchib, Qozog‘iston Superkubogi–2016 sohibi bo‘ldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн