Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston termasi JCh–2018 ikkinchi saralash bosqichi so‘nggi ikki o‘yinidan oldin yig‘inga kirishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 590           Дата: 18-03-2016, 09:22          
Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 ikkinchi saralash bosqichi so‘nggi ikki o‘yinidan oldin yig‘inga kirishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston termasi JCh–2018 ikkinchi saralash bosqichi so‘nggi ikki o‘yinidan oldin yig‘inga kirishdi

Ayni damda terma jamoa yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar Toshkentga yetib keldi. Faqatgina, Rossiya chempionatida to‘p surayotgan Odil Ahmedov (“Krasnodar”) va Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”), shuningdek, Qatarning “Al-Jaish” safida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turida Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi maydonga tushib, jamoasiga g‘alaba keltirgan Sardor Rashidov yig‘inga keyinroq kelib qo‘shiladi.

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan mazkur yig‘inda ishtirok etadigan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini avvalroq e’lon qilgan edi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati–2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yini Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining 24-mart kuni Filippinga qarshi hamda 29-mart kuni Bahraynga qarshi bo‘ladigan o‘yinlari 18:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ikki o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasi olti uchrashuv o‘tkazib, 15 ochko to‘plagan holda “H” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Guruhda hozircha 7 uchrashuvda 16 ochko jamg‘argan KXDR terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн