Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Manchester Yunayted” Yevropa Ligasida “Liverpul” to‘sig‘idan o‘ta olmadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 212           Дата: 18-03-2016, 09:22          
Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasida chorak finalga yo‘llanma olgan sakkiz jamoa nomi aniq bo‘ldi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Manchester Yunayted” Yevropa Ligasida “Liverpul” to‘sig‘idan o‘ta olmadi

17-mart, payshanba kuni o‘tkazilgan Yevropa Ligasi nimchorak final javob uchrashuvlari natijalariga ko‘ra, Ispaniyaning uchta jamoasi (“Sevilya”, “Atletik”, “Vilyareal”), Angliya (“Liverpul”), Germaniya (“Borussiya Dortmund”), Portugaliya (“Braga”), Ukraina (“Shaxtyor”) va Chexiyadan (“Sparta”) esa 1 tadan jamoa musobaqadagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.

E’tiborli tomoni, Yevropa Ligasi g‘olibligi uchun kurashishi taxmin qilinganlardan Angliyaning “Manchester Yunayted” hamda “Tottenxem”, shuningdek, Germaniyaning “Bayer” klublari nimchorak finaldan o‘ta olmadi.

Chorak finalga yo‘llanma olgan jamoalar o‘z raqiblari nomini bugun, 18-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadigan qur’a marosimidan keyin bilib oladi.

Yevropa Ligasi
Chorak final, javob uchrashuvlari
17 mart, payshanba

“Valensiya” (Ispaniya) — “Atletik” (Ispaniya) 2:1
Gollar: Santi Mina, 13 (1:0). Aderlan Santos, 37 (2:0). Arits Aduris, 76 (2:1).
Birinchi uchrashuv — 0:1

“Bayer” (Germaniya) — “Vilyareal” (Ispaniya) 0:0
Birinchi uchrashuv — 0:2

“Latsio” (Italiya) — “Sparta” (Chexiya) 0:3
Gollar: Borjek Dochkal, 10 (0:1). Ladislav Kreychi, 12 (0:2). Lukash Yulish, 44 (0:3).
Birinchi uchrashuv — 1:1

“Manchester Yunayted” (Angliya) — “Liverpul” (Angliya) 1:1
Gollar: Antoni Marsyal, 32, penalti (1:0). Filippe Koutinyo, 45 (1:1).
Birinchi uchrashuv — 0:2

“Tottenxem” (Angliya) — “Borussiya Dortmund” (Germaniya) 1:2
Gollar: Pyer-Emerik Obameyang, 24 (0:1). Pyer-Emerik Obameyang, 71 (0:2). Son Xin Min, 74 (1:2).
Birinchi uchrashuv — 0:3

“Anderlext” (Belgiya) — “Shaxtyor” (Ukraina) 0:1
Gol: Eduardo, 90+3 (0:1).
Chetlatishlar: Aleksandr Kucher, 84 (Sh). Serin Mboji, 86 (A)
Birinchi uchrashuv — 1:3

“Sevilya” (Ispaniya) — “Bazel” (Shveysariya) 3:0
Gollar: Odil Ramiy, 35 (1:0). Kevin Gameyro, 44 (2:0). Kevin Gameyro, 45 (3:0).
Birinchi uchrashuv — 0:0

“Braga” (Portugaliya) — “Fenerbaxche” (Turkiya) 4:1
Gollar: Ahmad Hasan, 11 (1:0). Alper Potuk, 45+3 (1:1). Jozue, 69, penalti (2:1). Nikola Stoilkovich, 74 (3:1). Rafa Silva, 83 (4:1).
Chetlatishlar: Mehmet Topal, 66 (F). Alper Potuk, 87 (F). Volkan Shon, 90+7 (F).
Birinchi uchrashuv — 0:1

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн