Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston MOQda Rio–2016 Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 785           Дата: 18-03-2016, 03:10          
Kecha, 16-mart kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida joriy yil Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston MOQda Rio–2016 Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu o‘quv-amaliy seminarda Respublika sport federatsiyalari rahbarlari, terma jamoalarning bosh murabbiy hamda shifokorlari ishtirok etdi.

Seminarni O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari Murod Aliyev ochib berdi. U bugungi kunda butun dunyoda global muammolardan biriga aylanib borayotgan Zika virusi hamda dopingga qarshi kurash masalalari haqida to‘xtalib, bu borada sportchilar, ayniqsa, murabbiy va tibbiyot xodimlarining kasb malakasini yanada oshirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari, Respublika Bosh sanitar vrachi Saidmurod Saydaliyev va Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori Erkin Musaboyev Braziliya davlatiga xos bo‘lgan yuqumli kasalliklar va Zika virusi haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi “Xalqaro aloqalar va protokol” bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xusanxo‘jayev “Sportda dopingga qarshi kurash to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiya qoidalariga rioya etish yuzasidan ma’lumot berib, sportda dopingga qarshi kurash masalalari bo‘yicha umumiy tushuncha va xalqaro antidoping agentligi (WADA)ning 2015–2016-yilgi yangi talablari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi WADA tashkiloti bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatgani, O‘zbekistonda agentlikning doping-ofitserlari ishtirokida tashkil etilayotgan seminarlar, buning samarasi o‘laroq 2014–2015-yillarda doping-testlari tekshiruvidan o‘tgan 72 nafar o‘zbekistonlik soprtchida birorta ham qoidabuzarlik qayd etilmaganligi, 2016-yilning 1-yanvaridan WADA tomonidan taqiqlangan preparatlarning ro‘yxati terma jamoalar murabbiylari va shifokorlariga yetkazilgani haqida ta’kidlab o‘tildi.

Seminarda, shuningdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining ilmiy xodimi A’zamjon Soliyev sportda dori-darmonlarning ahamiyati va ularning tutgan o‘rni haqida, markazning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Iskandar Mavlonov esa ginetik doping muammolari haqida ma’lumot berdi.

Seminar davomida O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti katta ilmiy xodimi Nelli Svetlichnaya O‘zbekiston sportchilarini 2016-yil Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish masalalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yil Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiya o‘yinlariga munosib tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi haqida ham so‘z yuritildi. To‘rt yillikning eng yirik sport anjumaniga yo‘llanmalarni qo‘lga kirita olmagan bir qator sport turlari bo‘yicha Respublika federatsiyalari Bosh kotiblarining hisobotlari tinglandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн