Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston U-17 termasi Yaponiyadagi xalqaro o‘rtoqlik futbol turnirida ishtirok etyapti

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 404           Дата: 17-03-2016, 18:52          
Tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmagan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Yaponiyadagi xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston U-17 termasi Yaponiyadagi xalqaro o‘rtoqlik futbol turnirida ishtirok etyapti

Ahmadjon Musayev bosh murabbiy etib tayinlangan, 1999-yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat terma jamoa SANIX xalqaro kubogi turniridagi ishtirokini bugun, 17-mart kuni boshladi. Turnirda, shuningdek, Yaponiya U-17, Janubiy Koreya U-17 hamda Pekin U-17 terma jamoalari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston U-17 dastlabki uchrashuvni Yaponiyaga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuv asosiy vaqti 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, durang bilan yakunlangan o‘yinning asosiy vaqtidan so‘ng penaltilar seriyasi o‘tkaziladi. Penaltilar seriyasida yaponiyaliklar aniqroq harakat qilib, g‘alabani qo‘lga kiritdi — 5:3.

Ushbu musobaqa reglamentiga ko‘ra, o‘yinning asosiy vaqtida g‘alaba qozongan jamoaga 4 ochko, mag‘lub bo‘lgan jamoaga 0 ochko beriladi. Shuningdek, penaltilar seriyasi bo‘yicha g‘alaba qozongan jamoaga 2,5 ochko, penaltilar seriyasi bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan jamoaga esa 1,5 ochko taqdim etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, tashkil etilganiga bir hafta bo‘lgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 2017-yil bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining saralash turnirida ishtirok etadi. Ya’ni, ayni paytda 17 yoshni qarshi olgan futbolchilar, bir yildan keyin O‘zbekiston U-18 termasiga aylanadi. Bu jamoa 2018-yil 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati U-19 musobaqasida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

SANIX xalqaro kubogi turniri

Yaponiya U-17 – O‘zbekiston U-17 — 0:0 (penaltilar seriyasi – 5:3)

O‘zbekiston U-17: 12. Umidjon Ergashev, 2. Burhon Usmonov, 3. Ilhomjon Alijonov, 5. Xudoyshukur Sattorov, 6. Dostonbek Berdiqulov, 7. Boburjon Asqarov, 8. Jahongir Ahmedov, 11. Jahongir Abdusalomov, 15. Islom Kenjaboyev, 16. Suhrob Izzatov, 19. Muhammad-Yusuf Abdumajidov

Zaxira: 1. Akrom Xo‘jayev, 4. Otabek Bekboyev, 9. Kamron Saidazimov, 10. Zokirjon Ahmadjonov, 13. Abdullo Rahimjonov, 14. Jasur Rahimov, 17. Afzaljon Xolmuhamedov, 18. Doniyor Azizov, 21. Javohir Qilichev.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн