Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Al-Jaish” – “Nasaf” 1:0. Sardor Rashidov urgan gol “Nasaf”ni mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 176           Дата: 17-03-2016, 03:06          
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turida Qarshining “Nasaf” jamoasi Qatarning “Al-Jaish” klubiga mag‘lub bo‘ldi. 16-mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘yin taqdirini “Al-Jaish”ning o‘zbekistonlik futbolchisi — Sardor Rashidov tomonidan 87-daqiqada urilgan gol hal qildi.

“Al-Jaish” – “Nasaf” 1:0. Sardor Rashidov urgan gol “Nasaf”ni mag‘lub etdi

Bungacha bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi “Nasaf” Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubiga safarda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, so‘ng ushbu jamoani Qarshida xuddi shu hisob bilan mag‘lub etgandi.

Shu tariqa, 3-turdan so‘ng OChLning “D” guruhida qiziqarli holat yuzaga keldi — Sardor Rashidov jamoasi uch o‘yin 100 foizlik natija qayd etib, 9 ochko to‘plagan, undan tashqari qolgan uch klub barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir xil natija qayd etgan. OFK ramiy sayti bu borada “Nasaf”ni 3-o‘ringa joylashtirgan.

Qayd etish joiz, “Al-Jaish” guruh bosqichi 3-turidan so‘ng OChLda yuz foizlik natija qayd etayotgan ikki jamoadan biri bo‘lib turibdi. “F” guruhidagi Janubiy Koreyaning “Seul” klubi hisobida ham uch o‘yindan so‘ng 9 ochko bor.

Ma’lumot uchun, Qarshi klubi navbatdagi tur uchrashuvini 5-aprel kuni “Al-Jaish”ga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.

Osiyo Chempionlar Ligasi
“D” guruhi, 3-tur uchrashuvi
16-mart, chorshanba

“Al-Jaish” (Qatar) — “Nasaf” (O‘zbekiston) 1:0 (0:0)

Gol: Sardor Rashidov, 87 (1:0).
Ogohlantirish: Maqsud Karimov, 30 (N).

“Al-Jaish”: 16. Xalifa Ababakar, 2. Murod Naji Husayn, 4. Lukas Mendes, 6. Yosir Isa, 9. Abdulrazzoq Hamdallah, 10. Sardor Rashidov, 17. Otman al-Yahriy (12. Majid Muhammad, 58), 19. Abdurahmon Muhammad, 23. Xolid Al Zrigiy, 27. Ahmad Muin Duzandeh, 31. Romarino Rikardo (20. Vagner Ribeyro, 90+2).

“Nasaf”: 25. Eldor Suyunov, 4. Maqsud Karimov (27. Islom Rashidxonov, 90+1), 7. Shuhrat Muhammadiyev, 9. Ilhom Shomurodov, 10. Dilshod Rahmatullayev, 17. Artur Gevorkyan, 18. Bahrom Abdurahimov, 20. Erkin Boydullayev, 23. Sherzod A’zamov, 31. Saydullo Rahmatov, 45. Bobir Abdixoliqov (38. Doniyor Narzullayev, 75).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031