Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Barselona” ikki o‘yinda “Arsenal” darvozasiga beshta gol urib, YeChL chorak finaliga chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 241           Дата: 17-03-2016, 03:06          
“Barselona” va “Arsenal” futbol klublarining Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichi doirasida Londonda bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvida Kataloniya klubi 2:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi. “Kamp Nou”dagi bellashuvda ham Luis Enrike shogirdlari ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi.

“Barselona” ikki o‘yinda “Arsenal” darvozasiga beshta gol urib, YeChL chorak finaliga chiqdi

16-mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvda hisob 18-daqiqada Neymar tomonidan ochilgan bo‘lsa, 52-daqiqada Muhammad al-Nennining sa’y-harakatlari evaziga London klubi muvozanatni tikladi.

“Arsenal” yo‘llanma uchun yana ikkita gol urishi kerak edi, biroq yakunda o‘zi ikkita gol o‘tkazib yubordi. “Barselona”ning hujum chizig‘idagi triosidan Suares va Messi ham o‘z nomiga bittadan gol yozib qo‘ydi.

Bunga qadar “Volfsburg” (Germaniya), “PSJ” (Fransiya), “Benfika” (Portugaliya), “Real” (Ispaniya) kabi jamoalar ham nimchorak finalning har ikki bellashuvida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

  • Yevropa Chempionlar Ligasining barcha chorak finalchilari. Bitta rasmda

Yevropa Chempionlar Ligasi
Nimchorak final, javob uchrashuvi
16-mart, chorshanba

“Barselona” (Ispaniya) — “Arsenal” (Angliya) 3:1 (1:0)

Gollar: Neymar, 18 (1:0). Muhammad El-Nenni, 51 (1:1). Luis Suares, 65 (2:1). Lionel Messi, 88 (3:1).
Ogohlantirishlar: Matyo Flamini, 32 (A). Gabriel Paulista, 35 (A). Aleksis Sanches, 50 (A). Arda Turan, 79 (B). Olivye Jiru, 85 (A).

“Barselona”: 1. Mark-Andre ter Shtegen, 4. Ivan Rakitich (7. Arda Turan, 77), 5. Serhio Buskets, 6. Dani Alvesh, 8. Andres Inyesta (20. Serxi Roberto, 72), 9. Luis Suares, 10. Lionel Messi, 11. Neymar, 14. Xavyer Maskerano, 18. Hordi Alba, 24. Jeremi Matyo.

“Arsenal”: 13. David Ospina, 5. Gabriel Paulista, 6. Loran Koselni, 11. Mesut Ozil, 17. Aleksis Sanches, 18. Nacho Monreal, 20. Matyo Flamini (34. Fransis Koklen, 45), 23. Denni Uelbek (14. Teo Uolkott, 73), 24. Ektor Belerin, 35. Muhammad El-Nenni, 45. Aleks Ayuobi (12. Olivye Jiru, 72).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031