Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Osiyo Chempionlar Ligasi: “Bunyodkor” raqiblari o‘zaro durang o‘ynadi, “Nasaf” raqiblari o‘yinida “Al-Ayn” g‘alaba qozondi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 524           Дата: 17-03-2016, 03:06          
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinlar 16-mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Shu kuni Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z maydonida “Zob Ohan” bilan golsiz durang o‘ynagan bo‘lsa, Qarshining “Nasaf” jamoasi Qatarda Sardor Rashidov urgan gol sabab “Al-Jaish”ga imkoniyatni boy berdi.

Osiyo Chempionlar Ligasi: “Bunyodkor” raqiblari o‘zaro durang o‘ynadi, “Nasaf” raqiblari o‘yinida “Al-Ayn” g‘alaba qozondi

“Bunyodkor” joy olgan “B” guruhining ikkinchi uchrashuvida ham durang qayd etildi — Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” klubi o‘z maydonidagi ikkinchi uchrashuvda ham durang o‘ynadi. Qatarning “Lahviya”siga qarshi o‘yinda hisob 7-daqiqada mehmonlar a’zosi Dioko Kaluyituka tomonidan ochilgan bo‘lsa, asosiy vaqt yakuniga 2 daqiqa qolganida Ibrohim G‘olib saudiyaliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

“Bunyodkor”ni Toshkentda mag‘lub etgan “Al-Nassr” 3-turdan keyin 5 ochko bilan guruhda yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan birorta ham gol o‘tkazmagan “Zob Ohan” hisobida ham 5 ochko bor. “Bunyodkor” va “Lahviya” esa bir xil — 2 ochkodan to‘plagan.

“Nasaf”ning guruhagi raqiblari — “Al-Ayn” hamda “Al-Ahli” BAAda to‘qnash keldi va mezbonlar Umar Abdulrahmonning 71-daqiqadagi goli evaziga kichik hisobda g‘alaba qozondi. Shunday qilib, 3-turdan so‘ng Sardor Rashidov to‘p surayotgan “Al-Jaish” 9 ochko bilan guruhda yetakchi bo‘lib turibdi, qolgan uch klub hisobida esa uch ochkodan bor.

Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” ham, “Nasaf” ham OChL guruh bosqichi doirasidagi navbatdagi uchrashuvlarni 5-aprel kuni o‘tkazadi. Shu kuni “Bunyodkor” Eronda “Zob Ohan” mehmoni bo‘lsa, “Nasaf” Qatarning “Al-Jaish” klubini Qarshida qabul qiladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн