Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Bavariya” “Yuventus” ustidan irodali g‘alabaga erishib, YeChL chorak finalchisiga aylandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 234           Дата: 17-03-2016, 03:06          
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak final javob uchrashuvida Germaniyaning “Bavariya” klubi “Yuventus”ni qo‘shimcha vaqtda mag‘lub etdi. 16-mart, chorshanba kuni Myunxenda bo‘lgan uchrashuvning birinchi bo‘limida “Yuventus” Pogba va Kuadradoning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi.

“Bavariya” “Yuventus” ustidan irodali g‘alabaga erishib, YeChL chorak finalchisiga aylandi

Turinda o‘tgan birinchi o‘yinda bo‘lgani kabi, ikkinchi 45 daqiqalikda mezbonlar ikkita gol urib, muvozanatni tikladi — 73-daqiqada Levandovski hisobni qisqartirgan bo‘lsa, hakam tomonidan asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Tomas Myuller “Bavariya”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

“Bavariya” va “Yuventus” o‘rtasidagi har ikki o‘yinning asosiy vaqtlari 2:2 hisobi bilan yakuniga yetgani sabab, chorak final yo‘llanmasi egasini aniqlash uchun qo‘shimcha taymlarga murojaat etildi. Unda Myunxen klubi yana ikkita gol urishga erishdi — zaxiradan maydonga tushgan Alkantara va Komanning gollari “Bavariya”ni chorak finalning so‘nggi ishtirokchisiga aylantirdi.

  • Yevropa Chempionlar Ligasining barcha chorak finalchilari. Bitta rasmda

Yevropa Chempionlar Ligasi
Nimchorak final, javob uchrashuvi
16-mart, chorshanba

“Bavariya” (Germaniya) — “Yuventus” (Italiya) 4:2 (0:2, 2:2, 0:0, 2:0)

Gollar: Pol Pobga, 5 (0:1). Xuan Kuadrado, 28 (0:2). Robert Levandovski, 73 (1:2). Tomas Myuller, 90+1 (2:2). Tyago Alkantara, 108 (3:2). Kingsli Koman, 110 (4:2).
Ogohlantirishlar: Sami Xedira, 29 (Yu). Alvaro Morata, 38 (Yu). Joshua Kimmih, 43 (B). Shtefan Lixtshtayner, 48 (Yu). Arturo Vidal, 48 (B). Robert Levandovski, 51 (B). Leonardo Bonuchchi, 53 (Yu). Xuan Kuadrado, 71 (Yu). Roberto Pereyra, 103 (Yu). Tyago Alkantara, 109 (B). Xuan Bernat, 112 (B). Stefano Sturaro, 112 (Yu).

Bavariya”: 1. Manuel Noyer, 5. Mehdi Benatia (18. Xuan Bernat, 46), 7. Frank Riberi (6. Tyago Alkantara, 101), 9. Robert Levandovski, 11. Duglas Kosta, 14. Xabi Alonso (29. Kingsli Koman, 60), 21. Filipp Lam, 23. Arturo Vidal, 25. Tomas Myuller, 27. David Alaba, 32. Joshua Kimmih.

“Yuventus”: 1. Janluidji Buffon, 6. Sami Xedira (27. Stefano Sturaro, 68), 9. Alvaro Morata (17. Mario Manjukich, 72), 10. Pol Pogba, 11. Ernanes, 12. Aleks Sandro, 15. Andrea Barsali, 16. Xuan Kuadrado (37. Roberto Pereyra, 89), 19. Leonardo Bonuchchi, 26. Shtefan Lixtshtayner, 33. Patris Evra.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн