Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Barselona” Chempionlar Ligasi o‘rniga superliga tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi, “Manchester Yunayted” esa yo‘q

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 754           Дата: 16-03-2016, 21:33          
Ispaniyaning “Barselona” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi o‘rniga Yevropa superligasini tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda klubning moliyaviy masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Syuzan Monye La Vanguardia nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “TASS”.

“Barselona” Chempionlar Ligasi o‘rniga superliga tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi, “Manchester Yunayted” esa yo‘q

“Biz klublarning o‘zi boshqaradigan Yevropa ligasiga asos solishimiz kerak. Hozir biz FIFA va UEFA kabi tashkilotlarga haddan tashqari bog‘lanib qolganmiz. Superliga kabi musobaqani tashkil etish bizning bosh maqsadimiz bo‘lishi kerak”, — dedi Monye.

Avvalroq OAVda Angliyaning “Arsenal”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Chelsi” kabi grand klublari rahbarlari amerikalik milliarder Stiven Ross bilan uchrashib, Chempionlar Ligasi yoki Angliya Premyer-ligasi o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan yangi musobaqaga asos solish masalasini muhokama qilganliklari haqida xabar berilgandi.

Keyinroq “Arsenal” va “Manchester Yunayted” rahbarlari bunday ko‘rinishdagi superliga tashkil etilishiga qarshi ekanliklarini bildirishdi.

Yangi musobaqaga asos solish g‘oyasi ilk bor 1998-yilda paydo bo‘lgandi. O‘shanda Italiya sport kompaniyalaridan biri — Media Partners Yevropaning yetakchi jamoalari bilan muzokaralar o‘tkazgan, ular orasida “Milan”, “Manchester Yunayted” kabi mashhur jamoalar ham bor edi. FIFA bu taklifga darhol o‘z e’tirozini bildirib, musobaqaga qo‘shilgan milliy uyushmalar, klublar va futbolchilarni diskvalifikatsiya qilish bilan tahdid qilgandi.

UEFA esa bu hodisaga Chempionlar Ligasi guruh bosqichi ishtirokchilari sonini 24 tadan 32 tagacha ko‘paytirish, shuningdek, qit’ada ikkinchi raqamli klublar musobaqasi — Yevropa Ligasi (sobiq UEFA Kubogi)ga asos solish bilan munosabat bildirgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн