Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yevropa Chempionlar Ligasi: “Bavariya” — “Yuventus”. Prevyu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 767           Дата: 16-03-2016, 18:30          
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finali doirasidagi “Bavariya” va “Yuventus” qarama-qarshiligining dastlabki uchrashuvida 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan edi. Bu javob o‘yinidagi intrigani yanada oshirib yubordi.

Yevropa Chempionlar Ligasi: “Bavariya” — “Yuventus”. Prevyu

Birinchi o‘yindan so‘ng

Har ikki klub ichki chempionatda beshtadan o‘yin o‘tkazdi. Natijalarda tenglik: uchtadan g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat. “Yuventus” Italiya kubogi yarim finalida “Inter”dan 0:3 hisobida yengilib, keyinroq penaltilar seriyasida final chiptasini qo‘lga kiritdi. “Bavariya” esa kutilmaganda o‘z maydonida “Maynts”ga imkoniyatni boy berdi – 1:2.

Ayni paytda har ikki klub o‘z mamlakati chempionatida peshqadam bo‘lib turibdi. “Bavariya” eng yaqin taqibchisi — Dortmund “Borussiya”sini 5 ochkolik farq bilan ortda qoldirayotgan bo‘lsa, “Yuventus” “A” Seriyada “Napoli”dan 3 ochko o‘zib ketgan.

O‘zaro o‘yinlar

“Bavariya” va “Yuventus” o‘rtasidagi so‘nggi beshta qarama-qarshilikda turinliklar zafar qucha olmadi: 2 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat. Myunxenda o‘tgan so‘nggi ikki o‘yinda Italiya superklubi gol urishning uddasidan chiqa olmagan: 2010-yilda 0:0, 2013-yilda 0:2. Massimiliano Allegri jamoasi chorak finalga yo‘l olishni istasa, eng kamida 1 ta gol urishiga to‘g‘ri keladi.

Jarohatlar

Yevropa Chempionlar Ligasi: “Bavariya” — “Yuventus”. Prevyu

“Yuventus”ning ahvoli biroz og‘ir — jamoaning yetakchi futbolchilaridan Dibala va Kyellini o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Asamoa, Kaseres, Sandro kabilarni ham ular qatoriga qo‘shish mumkin. “Bavariya”da esa Badshtuber, Boateng, Xavi Martinesning jarohati bor.

O‘yinoldi fikrlar

Xosep Gvardiola: “Birinchi o‘yindan keyin ‘Yuventus’ni yanada ko‘proq hurmat qila boshladim”.

Paulo Dibala: “‘Bavariya’ga qarshi o‘ynay olmasligimni bilganimdan so‘ng, o‘zimni qo‘yarga joy topa olmadim”.

Filipp Lam: “‘Yuventus’ ‘Bavariya’ning xato qilishini kutib to‘p suradi”.

Fabio Kapello: “‘Bavariya’ ‘Yuventus’dan kuchliroq”.

Frank Riberi: “Biz ‘Yuventus’ga qarshi o‘yinda durang uchun o‘ynamoqchi emasmiz”.

Lotar Matteus: “‘Yuventus’ hujumkor futbol namoyish etmaydi”.

Janluidji Buffon: “Bizda ‘Bavariya’ni ortda qoldirish uchun yaxshi imkoniyat bor”.

Massimiliano Allegri: “Tarkibdagi yo‘qotishlar, albatta, achinarli. Lekin bundan fojea yasamaslik kerak”.

Hakam

Yevropa Chempionlar Ligasi: “Bavariya” — “Yuventus”. Prevyu

Myunxendagi Allianz Arena stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni shvetsiyalik Yonas Eriksson boshqarib boradi.

Translyatsiya

“Bavariya” — “Yuventus” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 17-martga o‘tar kechasi soat 00:45 da boshlanadi. Mazkur bellashuv UzReport telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Kunning boshqa bir muhim uchrashuvi:

  • Yevropa Chempionlar Ligasi: “Barselona” — “Arsenal”. Prevyu
- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн