Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yevropa Chempionlar Ligasi: “Barselona” — “Arsenal”. Prevyu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 988           Дата: 16-03-2016, 18:30          
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finali doirasidagi “Barselona” va “Arsenal” qarama-qarshiligining dastlabki uchrashuvida kataloniyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final tomon zalvorli qadam tashlagan edi.

Yevropa Chempionlar Ligasi: “Barselona” — “Arsenal”. Prevyu

Birinchi o‘yindan so‘ng

Ichki chempionat natijalari bilan solishtirganda ham “Barselona”ning imkoniyati anchagina yaxshi ekani ko‘rinadi. Luis Enrike jamoasi Londondagi to‘qnashuvdan keyin 4 ta o‘yin o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchdi — bu uchrashuvlarning uchtasida yirik hisob qayd etilgan.

“Arsenal” esa “Barselona”ga qarshi birinchi o‘yindan keyin qator muvaffaqiyatsizliklarga duch keldi. O‘tkazilgan 5 ta o‘yinning 3 tasi boy berildi va bir durang qayd etildi. Yagona g‘alabaning qadri hozirgi kunga kelib qolgani yo‘q — o‘shanda “Xall Siti”ni Angliya Kubogidan chiqarib yuborgan Venger shogirdlarini keyingi bosqichda “Uotford”ga imkoniyatni boy berdi.

O‘zaro o‘yinlar

“Barselona” va “Arsenal” o‘rtasidagi so‘nggi beshta o‘yin misolida Ispaniya superklubi yaqqol favorit ekanini ko‘rish mumkin — 3 o‘yinda “Barselona” zafar quchgan, faqatgina bitta bahsda “Arsenal” g‘alaba qozongan. “Kamp Nou”da kechgan so‘nggi ikki o‘yinda “Arsenal” raqibiga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olmagan: 2010-yil 1:4, 2011-yil 1:3.

Jarohatlar

Yevropa Chempionlar Ligasi: “Barselona” — “Arsenal”. Prevyu

“Arsenal” jarohatlardan eng ko‘p aziyat chekadigan klublar sirasiga kiradi. Hozir ham Venger shunday muammo qarshisida turibdi. Fransiyalik mutaxassis Petr Chex, Tomash Rositski, Aleks Oksleyd-Chemberlen, Santi Kasorla, Aaron Remsi, Jek Uilshir, Gabriel, Mikel Arteta kabilarning xizmatidan foydalana olmaydi.

“Barselona”ning holati nisbatan yaxshiroq — Luis Enrike tarkib tanlashda Rafinya va Sandro Ramiresga umid bog‘lamaydi. Pike esa diskvalifikatsiya sabab uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

O‘yinoldi fikrlar

Loran Kosyelni, “Arsenal” himoyachisi: “‘Barselona’ bilan o‘yinda bosimning yo‘q ekani ‘Arsenal’ foydasiga ishlaydi”.

Luis Enrike, “Barselona” bosh murabbiyi: “Londonda qayd etilgan hisob javob o‘yiniga ta’sir ko‘rsatadi”.

Mark-Andre ter Shtegen, “Barselona” darvozaboni: “‘Arsenal’ hujumda xavfli, himoyamiz xushyorlikni yo‘qotmasligi kerak”.

Arsen Venger, “Arsenal” bosh murabbiyi: “‘Barselona’ hujum chizig‘ida qanday sehrgarlar o‘ynashini unutmasligimiz kerak”.

Hakam

Yevropa Chempionlar Ligasi: “Barselona” — “Arsenal”. Prevyu

Uchrashuvni rossiyalik FIFA referisi Sergey Karasyov boshqarib boradi.

Translyatsiya

“Barselona” — “Arsenal” o‘yini Toshkent vaqti bilan 17-martga o‘tar kechasi 00:45 da boshlanadi. “UzReport” telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda “Bavariya” — “Yuventus” uchrashuvini namoyish qilishni rejalashtirgan, shu sabab, “Kamp Nou”dagi uchrashuv O‘zbekiston telekanallari orqali namoyish etilmaydi.

Kunning boshqa bir muhim uchrashuvi:

  • Yevropa Chempionlar Ligasi: “Bavariya” — “Yuventus”. Prevyu
- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн