Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Paxtakor” bosh murabbiyi jamoa futbolchilarining hozirgi holati butun o‘yin davomida hujumda o‘ynashga imkon bermasligini tan oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 301           Дата: 16-03-2016, 15:14          
Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi bosh murabbiyi No‘mon Hasanov jamoa o‘yindan o‘yinga o‘z jismoniy holatini yaxshilab borayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda “Paxtakor” rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Paxtakor” bosh murabbiyi jamoa futbolchilarining hozirgi holati butun o‘yin davomida hujumda o‘ynashga imkon bermasligini tan oldi

Eslatib o‘tamiz, 15-mart, seshanba kuni “Paxtakor” Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvlari doirasidagi Toshkentda Eronning “Traktorsozi” jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob qaytarar ekan, Hasanov uchrashuv davomida shogirdlarini qo‘llab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirdi: “O‘yin qiyin kechdi. Futbolchilar maydonda bor kuchlari bilan harakat qilishdi. G‘alaba bizga navbatdagi bosqich uchun kurashish imkonini beradi. O‘yin davomida bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman”.

OFK rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, “Paxtakor” — “Traktorsozi” bellashuvini tomosha qilish uchun stadionga 2 223 nafar ishqiboz tashrif buyurgan. Bu “C” guruhining ortda qolgan olti o‘yinidagi eng past ko‘rsatkichdir. “Paxtakor”ning 1-tur doirasidagi “Al-Hilol” bilan o‘yinini 3 800 nafar muxlis bevosita stadiondan kuzatib borgandi.

“Traktorsozi” jismoniy tomondan kuchli ekanligini bilardik. Eronda mavsum ayni qizigan payt, biz esa endi maydonga tushishni boshladik”, — dedi “Paxtakor” ustozi. Ma’lumot o‘rnida, “Paxtakor” Eron klubi bilan o‘yinga qadar xalqaro maydonda ham, ichki chempionatda ham 2 tadan o‘yin o‘tkazgan.

“Paxtakor”ning ikkinchi bo‘limda nima sababdan himoyaviy taktika tanlaganini murabbiy quyidagicha izohladi: “Futbolchilarning ayni paytdagi holati o‘yin davomida hujumda o‘ynashga imkon bermaydi. Himoyada raqibga deyarli imkon qoldirmadik. Erondagi o‘yinda natija uchun o‘ynashimiz mumkin. Lekin ungacha jismoniy holatimizni yanada yaxshilab olamiz. Bu borada o‘yindan o‘yinga o‘sib boryapmiz”.

“Traktorsozi” ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin “Paxtakor” ochkolari sonini 4 taga yetkazib, “C” guruhida 3-o‘ringa joylashdi. Jamoa OChLdagi navbatdagi uchrashuvini 6-aprel kuni Eronda “Traktorsozi”ga qarshi o‘tkazadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн