Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Peresning taqiqiga qaramay, Ronaldu “Las-Palmas” bilan o‘yindan so‘ng yana Marokashga ketib qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 380           Дата: 16-03-2016, 15:14          
Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati 29-turidan o‘rin olgan “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng Marokashga yo‘l oldi, deya xabar bermoqda “Chempionat.com”.

Peresning taqiqiga qaramay, Ronaldu “Las-Palmas” bilan o‘yindan so‘ng yana Marokashga ketib qoldi

“Real” rahbariyati Ronalduga Marokashga tez-tez safar qilishni taqiqlab qo‘ygandi — klub prezidenti Florentino Peres futbolchi safar bilan ovora bo‘lib, jamoadagi faoliyatiga yetarlicha e’tibor qaratmayotganidan xavotir bildirgandi.

Biroq, “Chempionat.com”ning yozishicha, Ronaldu maydon tashqarisidagi hayotini rejalashtirishda klub prezidenti Florentino Peresga bo‘ysunmoqchi emas.

Avvalroq portugaliyalik futbolchi Marokashga kikboksyor do‘sti Badr Hari bilan uchrashish uchun borayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Xususan, Ronaldu “Espanyol”ga qarshi o‘yindan keyin ham Marokashga uchib ketgan edi.

Keyinroq futbolchi bu tashrifdan maqsadi do‘sti bilan uchrashish bo‘lmaganini ma’lum qilgandi. “Las-Palmas” bilan o‘yindan keyingi sayohatdan maqsad nima ekanligi hozircha oshkor etilmagan.

Ma’lumot uchun, “Real” 29-turni 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlaganiga qaramay, bu uchrashuvda Ronaldu shaxsiy antirekordini yangiladi. Bundan avvalroq Ronaldu klub rahbariyatidan o‘zini transferga qo‘yishlarini so‘ragani haqida xabar berilgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн