Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“PSV” bosh murabbiyi Filip Koku: Hujumda ko‘ngildagidek o‘ynay olmaganimiz uchun “Atletiko”ga mag‘lub bo‘ldik

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 455           Дата: 16-03-2016, 12:29          
Gollandiyaning “PSV” jamoasi bosh murabbiyi Filip Koku shogirdlari “Atletiko”ga qarshi tengma-teng o‘ynay olganidan faxrlanishini aytib o‘tdi. Kokuning so‘zlaridan UEFA rasmiy sayti iqtibos keltirmoqda.

“PSV” bosh murabbiyi Filip Koku: Hujumda ko‘ngildagidek o‘ynay olmaganimiz uchun “Atletiko”ga mag‘lub bo‘ldik

Eslatib o‘tamiz, 15-mart, seshanba kuni “PSV” Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak final javob uchrashuvlari doirasida Madridda “Atletiko” mehmoni bo‘ldi. O‘yin asosiy va qo‘shimcha vaqtida 0:0 hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida esa “Atletiko” aniqroq harakat qilib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Turli hissiyotlar og‘ushidaman. ‘Atletiko’ bilan tengma-teng o‘ynay olganimizdan faxrlanamiz. Taktik tomondan olib qaraganda, o‘yinimiz yaxshi chiqdi. Boshqa tomondan esa penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lish doimo alamli”, — dedi Filip Koku.

“Lyuk de Yong har ikki oyog‘ida og‘riq sezgani uchun, uni almashtirdim. Shuningdek, Andres Guardadoda ham muammolar bo‘ldi. Boisi, ikkinchi bo‘limda “Atletiko” o‘z sxemasini o‘zgartirib, ishimizni qiyinlashtirdi. Yannik Karrasko ko‘proq qanotlarda harakatlana boshlagandi. Shu boisdan beshta himoyachi bilan o‘ynaganimizga qaramay, chap qanotimizda bir qator muammolarga duch keldik”, — dedi “PSV” bosh murabbiyi.

“Agar bitta gol urib olganimizda, ‘Atletiko’ ikkita urishiga to‘g‘ri kelardi. Bu borada omad bizga halal bermagan bo‘lardi, biroq hujumda ko‘ngildagidek o‘ynay olmaganimiz uchun gol urolmadik”, — deb fikrini yakunladi “PSV” ustozi.

Avvalroq “Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeone “PSV”ga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlasharkan, uchrashuv arafasida penaltilar borasida alohida tayyorgarlik bo‘lmaganini aytib o‘tgandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн