Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yevropa Chempionlar Ligasi: “Manchester Siti” o‘z tarixida ilk bor chorak finalga yo‘llanma oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 287           Дата: 16-03-2016, 03:11          
“Manchester Siti” Yevropa futbol klublarining eng nufuzli musobaqasida chorak finalga qadar yetib kelgan Angliyaning yettinchi jamoasiga aylandi, deb xabar beradi “Chempionat.com”. Fransiya va Ispaniyaning ham shu vaqtgacha yettitadan jamoasi Chempionlar Ligasida chorak final bosqichiga qadar yetib kela olgan.

Yevropa Chempionlar Ligasi: “Manchester Siti” o‘z tarixida ilk bor chorak finalga yo‘llanma oldi

Angliya Premyer-ligasi vakili bo‘lgan “Manchester Siti” Yevropa Chempionlar Ligasining so‘nggi ikki mavsumini nimchorak finalda yakunlagan edi. Har ikki safar Ispaniyaning “Barselona”si bilan to‘qnash kelgan manchesterliklar, yakunda chorak finalga o‘ta olmagan edi.

Bu safar Manuel Pelligrini qo‘l ostidagi jamoa nimchorak final dovonidan o‘tdi — bosqichning Kiyev “Dinamo”siga qarshi birinchi o‘yinida “Manchester Siti” 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi, javob o‘yinida hisob ochilmadi – 0:0.

Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra ustun kelgan Angliya klubi Chempionlar Ligasidagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
Nimchorak final, javob uchrashuvi
15-mart, seshanba

“Manchester Siti” (Angliya) — “Dinamo” Kiyev (Ukraina) 0:0

Ogohlantirishlar: Nikolas Otamendi, 18 (M). Vitorinu Antunesh, 21 (D). Denis Garmash, 57 (D).

“Manchester Siti”: 1. Jo Hart, 2. Vensan Kompani (20. Elyakim Mangala, 7), 5. Pablo Sabaleta, 6. Fernando, 10. Serxio Aguero. 15. Xesus Navas, 21. David Silva (7. Rahim Sterling, 79), 22. Gael Klishi, 25. Fernandinyo, 30. Nikolas Otamendi (26. Martin Demichelis, 24), 42. Yaya Ture.

“Dinamo” Kiyev: 1. Aleksandr Shovkovskiy, 24. Domogoy Vida, 5. Vitorinu Antunesh, 34. Yevgeniy Xacheridi, 6. Aleksandr Dragovich, 4. Migel Velozu, 19. Denis Garmash (16. Sergey Sidorchuk, 64), 29. Vitaliy Buyalskiy, 20. Oleg Gusev (7. Aleksadr Yakovenko, 62), 10. Andrey Yarmolenko, 91. Lukash Teodorchik (25. Derlis Gonsales, 46).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031