Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Osiyo Chempionlar Ligasi: “Lokomotiv”ning asosiy raqibi Saudiyada g‘alaba qozondi, “Paxtakor” raqiblari esa o‘zaro durang o‘ynadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 536           Дата: 16-03-2016, 03:11          
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan va 15-mart kuni o‘tkazilishi belgilangan uchrashuvlar yakuniga yetdi. Xususan, “A” guruhida Toshkentning “Lokomotiv” klubi raqiblari, “C” guruhida esa Toshkentning “Paxtakor” jamoasi raqiblari o‘zaro bahs olib boradi.

Osiyo Chempionlar Ligasi: “Lokomotiv”ning asosiy raqibi Saudiyada g‘alaba qozondi, “Paxtakor” raqiblari esa o‘zaro durang o‘ynadi

“A” guruhidagi 3-tur doirasidagi uchrashuvda Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi o‘z maydonida BAAning “An-Nasr” klubiga imkoniyatni boy berdi. Nilmarning dubli BAA klubiga 2:1 hisobida g‘alaba keltirdi, “Ittihod”ning yagona goli Gelmin Rivasning hisobiga yozildi.

Guruhning 3-tur doirasidagi birinchi o‘yinida “Lokomotiv” Eronda “Fulad Sepahon”ning mag‘lub etib, 3 ochkoni qo‘lga kiritgan edi. Turdan so‘ng, “An-Nasr” 6 ochko bilan “A” guruhi peshqadami, “Lokomotiv” esa guruhning mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoasi sifatida besh ochko bilan 2-pog‘onada bormoqda.

OChLning “C” guruhida qatnashayotgan “Paxtakor” 3-o‘rinni egallab turibdi — Toshkent klubi 3-turda Eronning “Traktorsozi” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda BAAning “Al-Jazira” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublari durab o‘ynadi — 1:1.

Uchrashuvning 9-daqiqasida braziliyalik Ailton “Al-Hilol”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, “Al-Jazira” faqatgina 90+4-daqiqada Faris Jumaning goli bilan muvozanatni tikladi. Turdan so‘ng, “Traktorsozi” 6 ochko bilan guruhda peshqadam, “Al-Hilol”da 5, “Paxtakor”da 4 va “Jazira”da 1 ochko bor.

“Lokomotiv” va “Paxtakor” OChL guruh bosqichi 4-turi doirasidagi uchrashuvlarni 6-aprel kuni o‘tkazadi. Shu kuni Eronning “Fulad Sepahon” jamoasi “Lokomotiv” bilan o‘yin uchun Toshkentga tashrif buyursa, “Paxtakor” Eronda “Traktorsozi”ga qarshi to‘p suradi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн