Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yevropa Chempionlar Ligasi: “Atletiko” penaltilar seriyasida “PSV”ni mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 229           Дата: 16-03-2016, 03:11          
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak final javob uchrashuvida Ispaniyaning “Atletiko” klubi Gollandiyaning “PSV” jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtlari, Gollandiyada bo‘lgan birinchi o‘yin kabi, 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

Yevropa Chempionlar Ligasi: “Atletiko” penaltilar seriyasida “PSV”ni mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Penalti seriyasini gollandiyalik futbolchilar ochib berdi va ular ketma-ket yetti zarbada adashmadi. O‘z navbatida ispaniyaliklar ham har bir golga gol bilan javob berishdi.

Sakkizinchi zarbaga kelganda “PSV” a’zosi Lusiano Narsing mo‘ljalda adashdi, “Atletiko” vakili Xuanfran esa jamoasining sakkizinchi zarbasi ham muvaffaqiyatli amalga oshirib, “Atletiko”ni chorak finalga olib chiqdi.

Ma’lumot uchun, hozirga qadar “Volfsburg” (Germaniya), “Real Madrid” (Ispaniya), “Benfika” (Portugaliya), “PSJ” (Fransiya), “Manchester Siti” (Angliya) va “Atletiko” (Ispaniya) jamoalari YeChL chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 16-mart, chorshanba kuni nimchorak final bosqichi javob uchrashuvlari doirasidagi so‘nggi ikki o‘yin — “Bavariya” — “Yuventus” va “Barselona” — “Arsenal” o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
Nimchorak final, javob uchrashuvi
15-mart, seshanba

“Atletiko” (Ispaniya) — “PSV” (Gollandiya) 0:0. Penaltilar seriyasi — 8:7

Penaltilar: Marko Van Ginkel (0:1). Antuan Grizmann (1:1). Andres Guardado (1:2). Gabi (2:2). Devi Proper (2:3). Koke (3:3). Jefri Bruma (3:4). Saul (4:4). Ektor Moreno (4:5). Fernando Torres (5:5). Maksim Lestyen (5:6). Xose Mariya Himenes (6:6). Santyago Aryas (6:7). Filipe Luis (7:7). Lusiano Narsing (noaniq zarba). Xuanfran (8:7).
Ogohlantirishlar: Yurgen Lokadiya, 30 (P). Lyuk de Yong, 66 (P). Andres Guardado, 120+1 (P).

“Atletiko”: 13. Yan Oblak, 20. Xuanfran, 2. Diyego Godin (19. Lukas-Fransua Ernandes, 89), 3. Filipe Luis, 6. Koke, 7. Antuan Grizmann, 12. Augusto Fernandes (9. Fernando Torres, 56), 14. Gabi, 17. Saul, 21. Yannik Ferreyra-Karrasko (8. Matias Kranevitter, 75), 24. Xose Mariya Ximenes.

“PSV”: 1. Yerun Zut, 2. Nikolya Isima-Miren, 3. Ektor Moreno, 4. Santyago Aryas, 5. Jeffri Bruma, 6. Devi Propper, 9. Lyuk de Yong (11. Lusiano Narsing, 118), 15. Yetro Villems (20. Joshua Brenet, 75), 18. Andres Guardado, 19. Yurgen Lokadiya (16. Maksim Lestenn, 87), 28. Marko van Ginkel.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн