Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Osiyo Chempionlar Ligasi: “Paxtakor” guruh peshqadamini mag‘lubiyatga uchratdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 657           Дата: 16-03-2016, 00:30          
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turiga kelib “Paxtakor” 2016-mavsumdagi birinchi xalqaro g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Eronning “Traktorsozi” klubini qabul qilgan No‘mon Hasanov murabbiyligidagi jamoa Igor Sergeyevning 41-daqiqada kiritgan goli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Osiyo Chempionlar Ligasi: “Paxtakor” guruh peshqadamini mag‘lubiyatga uchratdi

Bunga qadar o‘tkazilgan ikki o‘yinda “Paxtakor” bir marta durang o‘ynab, bir marta mag‘lub bo‘lgandi. 3-turdan keyin Toshkent klubi ochkolari sonini 4 taga yetkazib, “Al-Hilol” klubi bilan tenglashib oldi. Eron klubi esa dastlabki ikki turni o‘z foydasiga hal qilib, yuz foizlik natija qayd etgandi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuv BAAning “Al-Jazira” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 15-mart, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi. 2-turdan keyin “Al-Hilol” hisobida 4 ochko bo‘lsa, BAA klubi birorta ham ochko jamg‘ara olmagan. Mazkur o‘yin natijasidan qat’iy nazar “Paxtakor” 3-turdan keyin “C” guruhining 3-pog‘onasida qoladi.

“Paxtakor” Chempionlar Ligasidagi navbatdagi o‘yinni 6-aprel kuni o‘tkazadi. U Eronda “Traktorsozi”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Osiyo Chempionlar Ligasi
“C” guruhi, 3-tur uchrashuvi
15-mart, seshanba

“Paxtakor” (O‘zbekiston) — “Traktorsozi” (Eron) 1:0 (1:0)

Gol: Igor Sergeyev, 41 (1:0).
Ogohlantirishlar: Vladimir Kozak, 49 (P), Oybek Qilichev, 59 (P).

“Paxtakor”: 1. Nikita Ribkin, 4. Adnan Oraxovats, 5. Akbar Ismatullayev, 7. Azim Ahmedov, 8. Sherzod Karimov (28. Stanislav Andreyev, 82), 9. Jaloliddin Masharipov (35. Oybek Qilichev, 56), 10. Jamshid Iskanderov, 11. Igor Sergeyev, 15. Javohir Sohibov, 21. Kamoliddin Tojiyev, 29. Vladimir Kozak (14. Jamshid Boltaboyev, 67).

“Traktorsozi”: 1. Muhammadrizo Akbariy, 2. Muhammad Iranpurian, 3. Shojaiy Halilzoda, 4. Xolid Shofeiy, 5. Karlos Kardoso, 6. Sino Ashuriy, 10. Surush Rofeiy, 11. Baxtiyor Rahmoniy, 24. Farzad Hotamiy, 66. Mehdi Kiyoniy, 77. Said Og‘aiy (90. Mehdi Sharifiy, 54).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031