Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentning “Lokomotiv” klubi Osiyo Chempionlar Ligasidagi birinchi safar g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 910           Дата: 16-03-2016, 00:30          
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ketma-ket ikkinchi mavsum ishtirok etayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi xalqaro maydondagi safar uchrashuvlarida ilk bor g‘alaba qozondi. Eronda “Fulad Sepahon” mehmoni bo‘lgan “temiryo‘lchilar” 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.

Toshkentning “Lokomotiv” klubi Osiyo Chempionlar Ligasidagi birinchi safar g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Uchrashuvning 14-daqiqasida Sanjar Shoahmedovning to‘p uzatishidan so‘ng Marat Bikmayev hisobni ochdi. O‘yin asosiy vaqti yakunlanishiga to‘rt daqiqa qolganida Sardor Mirzayev o‘z nomini talboga yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga qarshi safar o‘yinini inobatga olmaganda, Sardor Mirzayev mavsum boshidan buyon o‘tkazilgan qolgan to‘rtta bellashuvda gol urdi.

“Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi birinchi davrasini mag‘lubiyatsiz yakunlagan O‘zbekistonning yagona vakiliga aylanib oldi. Avvalgi turlarda jamoa Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan ikki marta 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.

3-tur doirasidagi guruhning ikkinchi o‘yinida “Al-Ittihod” BAAning “An-Nasr” klubini qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:35 da start oladi. 3-turdan keyin “Lokomotiv” ochkolari sonini 5 taga yetkazib, “A” guruhi peshqadamiga aylandi.

Osiyo Chempionlar Ligasi
“A” guruhi, 3-tur uchrashuvi
15-mart, seshanba

“Fulad Sepahon” (Eron) — “Lokomotiv” (O‘zbekiston) 0:2 (0:1)

Gollar: Marat Bikmayev, 14 (0:1). Sardor Mirzayev, 86 (0:2).
Ogohlantirish: Sergey Proxorov, 90+3 (L).

“Fulad Sepahon”: 1. Rahmon Ahmadiy, 7. Ali Karimiy (12. Husayn Papi, 82), 9. Muhammad Rizo Xalatboriy, 10. Abdulloh Karamiy (6. Muhammadali Ahmadiy, 46), 17. Seniyad Ibrichich (66. Milad Sarlak, 69), 18. Fozil Musayev, 20. Leonardo Padovani, 29. Lusiano Perreyra, 33. Said G‘odifar, 37. Husayn Foziliy, Roshandel.

“Lokomotiv”: 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze (8. Server Jeparov, 46), 10. Marat Bikmayev (44. Sergey Proxorov, 85), 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 15. Sardor Mirzayev, 17. Salim Mustafoyev, 18. Timur Kapadze, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 22. Sanjar Shoahmedov (29. Quvondiq Ro‘ziyev, 76), 33. Oleg Zoteyev, 37. Sherzod Fayziyev.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн