Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sergey Lushchan: Futbolda oldindan hech narsa deb bo‘lmaydi, ertaga beshta gol urishimiz ham mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 408           Дата: 15-03-2016, 15:23          
Ertaga, 16-mart kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 3-turida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Eronning “Zob Ahan” klubiga qarshi bahs olib boradi. Bo‘lajak uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida “qaldirg‘ochlar” bosh murabbiyi Sergey Lushchan hamda hujumchi Bahodir Nasimov ishtirok etdi, deb xabar beradi “Bunyodkor” matbuot xizmati.

Sergey Lushchan: Futbolda oldindan hech narsa deb bo‘lmaydi, ertaga beshta gol urishimiz ham mumkin

- Ertaga yaxshi o‘yin bo‘lishini kutyapman. Bahs har ikkala jamoa uchun juda qiyin o‘tishini taxmin qilish qiyin emas. “Zob Ahan” qarshi hujumlarda yaxshi harakat qiladigan, tartibli jamoa. Juda kam xatolar qiladi. Lekin o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Eron futboli haqida ko‘proq Bahodir Nasimov sizlarga ma’lumot bergani ma’qul, — deydi Sergey Lushchan.

- Eron chempionatidagi tajribamdan kelib chiqib shuni aytamanki, forslar asosan himoyaga e’tibor qaratadi. “Padideh”da men bilan o‘ynagan ikkita sobiq jamoadoshim bugungi kunda “Zob Ahan”da to‘p tepmoqda. Ular himoya chizig‘ida harakat qiladi. Eron jamoalarining maydonga tushgan barcha 11 futbolchisi ham himoyada, ham hujumda o‘ynaydi. Ularning eng asosiy maqsadi – yutqazmaslik, — deya fikr bildirdi Bahodir Nasimov.

Shundan so‘ng “Bunyodkor” ustozi jurnalistlarning bir qator savollariga javob qaytardi.

- “Bunyodkor”ning hozirgi natijalari xuddi o‘tgan yilgi ishtirokini esga solmoqda.

- Buni vaqt ko‘rsatadi. Men jamoamdan mamnunman. Yigitlar mashg‘ulotlarda yaxshi ishlamoqda. Ertaga muxlislarimiz ko‘magi ostida o‘ynaymiz, ularning daldasi biz uchun muhim. O‘ylaymanki, bu yilgi natijalarimiz boshqacha bo‘ladi.

- “Bunyodkor” OChLdagi so‘nggi to‘rtta uy uchrashuvida 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu qandaydir tasodifmi?

- Avvalgi uy o‘yinlarimizda penaltilardan gol o‘tkazib yuborgan edik. Lekin raqibga qaraganda ko‘proq vaziyatlar yaratgandik. Qandaydir omadimiz chopmadi. Masalan, ertaga beshta gol urishimiz ham mumkin. Futbolda oldindan hech narsa deb bo‘lmaydi. Sportda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

- “Zob Ahan”ning kamchiliklari haqida ham ma’lumot yig‘dingizmi?

- “Zob Ahan” – ishlab turgan mashina! Ular kuchli va baquvvat futbolchilarga ega va deyarli xato qilmaydi. Raqibni yaxshi o‘rgandik. Ularning kamchiliklari haqida hozir ayta olmayman.

- Golli vaziyatlardan samarali foydalanish borasida mashg‘ulotlarda qanday ishlar qilinadi?

- Ishoning, biz juda ko‘p mehnat qilamiz. Umumiy mashg‘ulotlardan tashqari, har bir chiziq vakillari bilan indvidual tarzda ish olib boramiz.

16-mart, chorshanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadigan “Bunyodkor” – “Zob Ahan” uchrashuvi 18:00 da boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, OChL “B” guruhi 2-turidan so‘ng “Zob Ahan” 4 ochko bilan ikkinchi, “Bunyodkor” esa 1 ochko bilan uchinchi o‘rinni band qilib turibdi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031