Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Benites APLga qaytishini mag‘lubiyat bilan boshladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 177           Дата: 15-03-2016, 12:23          
15-martga o‘tar kechasi Angliya Premyer-ligasining 30-turi doirasida peshqadam “Lester” ligada jon saqlab qolish yo‘lida kurash olib borayotgan “Nyukasl”ni qabul qildi. Klaudio Ranyeri shogirdlari yaponiyalik Sindzi Okazakining 25-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga muvaffaqiyat qozondi.

Benites APLga qaytishini mag‘lubiyat bilan boshladi

Shu tariqa, “Lester” mavsum yakuniga sakkizta tur qolganida eng yaqin ta’qibchisi — Londonning “Tottenxem” klubi bilan ochkolari farqini yana 5 taga yetkazib oldi. Ma’lumot uchun, Fransiya chempionati yakuniga sakkiz tur qolganida chempion jamoa aniqlangandi.

“Nyukasl” 29-turdagi o‘yinni o‘z maydonida debyutant “Bornmut”ga boy berganidan keyin amaldagi bosh murabbiy Stiv Maklaren iste’foga chiqarilib, uning o‘rniga Madridning “Real”idan bo‘shatilgan va 4-yanvardan buyon ishsiz yurgan Rafael Benites tayinlangandi. Ispaniyalik mutaxassis Angliya Premyer-ligasidagi eng shimoliy klubi bilan birinchi o‘yinni boy berdi. U Premyer-ligada 2004—2010-yillar oralig‘ida “Liverpul” klubiga, 2012/2013-yilgi mavsumda “Chelsi”ga ustozlik qilgan.

“Nyukasl”ning ketma-ket mag‘lubiyatlari sonini 4 taga yetkazdi. “Lester” esa o‘zining so‘nggi uch g‘alabasini faqatgina 1 ta gol urib, qo‘lga kiritdi. 30-turdan keyin “Lester” 63 ochko bilan liga karvonboshisi bo‘lib turibdi, “Tottenxem” 58 ochko jamg‘argan. Ulardan 1 ta kam o‘yinda maydonga tushgan “Arsenal” hisobida 52 ochko mavjud. “Nyukasl” esa hisobida 1 ta zaxira o‘yini bor holatida 24 ochko bilan 20 ta klub orasida 19-o‘rindan joy olgan. Zaxira o‘yini “Manchester Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

APL 30-turidan joy olgan 5 ta uchrashuv Angliya Kubogi chorak final o‘yinlari sabab o‘tkazilmadi.

APL, 30-tur.

“Lester” — “Nyukasl” — 1:0 (1:0)

Gol: Okazaki, 25 (1:0).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031