Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Borussiya” muxlislari o‘yin vaqtida vafot etgan ishqiboz xotirasiga You’ll Never Walk Alone qo‘shig‘ini kuyladi (video)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 307           Дата: 15-03-2016, 09:51          
Germaniya chempionati 26-turidan o‘rin olgan Dortmundning “Borussiya” va “Mayns”  klublari o‘rtasidagi (2:0) o‘yin vaqtida stadiondagi muxlislardan biri vafot etdi, yana biri yurak xastaligi tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.

“Borussiya” muxlislari o‘yin vaqtida vafot etgan ishqiboz xotirasiga You’ll Never Walk Alone qo‘shig‘ini kuyladi (video)

“Futboldan ham muhim narsalar bor”, – deb yoziladi o‘yin so‘nggida Dortmund klubining Twitter’dagi rasmiy sahifasida. 20 daqiqa davomida sukunat saqlab kelgan 81 ming kishilik stadion o‘sha vaqt You’ll Never Walk Alone qo‘shig‘ini kuylay boshladi.

Danke. // Thank you. #ynwa #rip #bvbm05 pic.twitter.com/VnSIBmNZeq

— Borussia Dortmund (@BVB) March 13, 2016

You’ll Never Walk Alone qo‘shig‘i o‘yin vaqtida yurak xurujidan vafot etgan muxlis xotirasiga kuylandi. Stadiondagi muxlislardan yana biri yurak xastaligi tufayli shifoxonaga yotqizildi. Shifokorlar uning holatini kuzatib boryapti.

Muxlisning vafot etgani haqida stadiondagilar tablodagi bildirgi orqali xabar topdi. Uchrashuv yakuniga yetganidan so‘ng, bo‘lib o‘tgan voqeaga hamdardlik bildirib, o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtagan “Mayns” muxlislariga Dortmund klubi rasman minnatdorchilik bildirdi.

“Borussiya” muxlislari o‘yin vaqtida vafot etgan ishqiboz xotirasiga You’ll Never Walk Alone qo‘shig‘ini kuyladi (video)

Uchrashuvdagi ikkinchi golni dortmundlik muxlislar ham, futbolchilar ham nishonlamadi. O‘yinning asosiy vaqti yakuniga yetgach, hakam bir soniya ham vaqt qo‘shib bermadi.

O‘yin tugagach, “Borussiya” futbolchilari bir-birini quchoqlagan holda stadiondagi muxlislar tomon yuzlandi. Muxlislar yana You’ll Never Walk Alone qo‘shig‘ini kuyladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031