Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

No‘mon Hasanov: “Paxtakor” oldiga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgan

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 544           Дата: 14-03-2016, 21:12          
Ertaga, 15-mart kuni “Paxtakor” jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida Toshkentda Eronning “Traktorsozi” klubiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bellashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Paxtakor” bosh murabbiyi No‘mon Hasanov va yarim himoyachi Oybek Qilichev ishtirok etdi, deb xabar beradi “Paxtakor” klubi matbuot xizmati.

No‘mon Hasanov: “Paxtakor” oldiga guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgan

No‘mon Hasanov: “Ertaga muhim o‘yin bo‘lib o‘tadi. Biz uchun guruhdan chiqish vazifasi qo‘yilgan. Bu o‘yinda biz g‘alaba uchun kurashamiz. Futbolchilar bahsga to‘liq tayyor. ‘Traktorsozi’ni yaxshi o‘rgandik. Raqibning o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Eron futbolida asosan kurashga e’tibor qaratilgan. Ular uzun paslar orqali o‘ynaydi. Hozir Davron Hoshimovning o‘rniga kim tushishini ayta olmayman. Ishonch bilan aytamanki, o‘ng qanotda o‘ynaydigan futbolchini aniqlab oldik”.

Oybek Qilichev: “Eron chempionatida o‘ynaganman, klublarini juda yaxshi bilaman. Bu jamoaga qarshi o‘ynasa bo‘ladi. Oliy Ligani boshlab oldik va o‘yin amaliyotini oshirib boryapmiz. Eronda birinchi o‘rindagi jamoa oxirgi o‘rindagi jamoaga yutqazib qo‘yishi mumkin. Bundan tashqari, futbolchilarning kayfiyatiga ham ko‘p narsa bog‘liq”.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – “Traktorsozi” o‘rtasidagi uchrashuv 15-mart, seshanba kuni, Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 17:00 da boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turidan so‘ng “Traktorsozi” 6 ochko bilan “C” guruhida peshqadamlik qilmoqda. “Paxtakor” jamoasi ushbu 1 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinni egallab turibdi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн