Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Samvel Babayan O‘zbekiston termasining Filippin va Bahraynga qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibini ma’lum qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 296           Дата: 14-03-2016, 15:25          
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan JCh–2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yin uchun chaqirilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Samvel Babayan O‘zbekiston termasining Filippin va Bahraynga qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibini ma’lum qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Filippin va Bahraynga qarshi o‘yinlari uchun kengaytirilgan tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Persepolis”, Eron), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Yegor Krimets (“Beyjin Goan”, Xitoy), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Kamoliddin Tojiyev (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Rossiya), Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”).

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Azizbek Haydarov (“Ash-Shabob”, BAA), Fozil Musayev (“Sepahon”, Eron), Sardor Rashidov (“Al-Jaish”, Qatar), Sanjar Tursunov (“Umm-Salal”, Qatar), Stanislav Andreyev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Jasur Hasanov (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Sanjar Shoahmedov (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov (Bunyodkor”), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog‘iston), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Marat Bikmayev (“Lokomotiv”).

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati–2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yinni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining 24-mart kuni Filippinga qarshi hamda 29-mart kuni Bahraynga qarshi bo‘ladigan o‘yinlari 18:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ikki o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasi olti uchrashuv o‘tkazib, 15 ochko to‘plagan holda “H” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Guruhda hozircha 7 uchrashuvda 16 ochko jamg‘argan KXDR terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

JCh–2018 ning Osiyo qit’asidagi uchinchi saralash bosqichiga 12-aprel kuni qur’a tashlanadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031