Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“PSJ” klubi chempionat yakunlanishiga 8 tur qolganida Fransiya chempioniga aylandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 339           Дата: 14-03-2016, 00:48          
Fransiya chempionati 30-turida “PSJ” klubi safarda “Trua” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Mazkur o‘yinda parijliklar 9:0 hisobida zafar quchib, muddatidan avval Fransiya chempioniga aylandi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

“PSJ” klubi chempionat yakunlanishiga 8 tur qolganida Fransiya chempioniga aylandi

Mazkur o‘yinda “PSJ” yetakchisi Zlatan Ibragimovich to‘rtta gol kiritib, poker muallifi bo‘ldi. Shuningdek, Edinson Kavani ikkita, Adriyen Rabio va Xavyer Pastore bittadan gol kiritdi. Yana bitta golni “Trua” a’zosi Matyo Sonye o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Shu tariqa, Loran Blan qo‘li ostidagi “PSJ” jamoasi muddatidan avval mamlakat chempioniga aylandi. Hozirda Parij klubi hisobida 77 ochko mavjud. Uning eng yaqin ta’qibchisi “Monako” 25 ochkoga ortda qolmoqda.

Qayd etish kerakki, “PSJ” jamoasi Fransiya chempionligini chempionat yakunlanishiga 8 tur qolganida qo‘lga kiritdi va shu orqali yangi rekord o‘rnatdi. Avvalgi rekord “Lion” klubiga tegishli edi. 2006/07-yilgi mavsumda “Lion” chempionat yakunlanishiga 5 tur qolganida Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, “PSJ” jamoasi qatorasiga to‘rtinchi, umumiy hisobda esa oltinchi bor Fransiya chempioni bo‘ldi.

Fransiya chempionati, 30-tur

“Trua” – “PSJ” – 0:9 (0:3)

Gollar: Kavani, 13 (0:1); Pastore, 17 (0:2); Rabio, 19 (0:3); Ibragimovich, 46 (0:4); Ibragimovich, 52 (0:5); Ibragimovich, 55 (0:6); Sonye, 59 (0:7, avtogol); Kavani, 75 (0:8); Ibragimovich, 88 (0:9).

“Trua”: Dreyer, Ngonga (Karabue, 64), Dabo (Konfe, 46), Sonye, Rinkon (Marsyal, 86), Kamyu, Shavyer, Nive, Pi, Jan, Guye.

“PSJ”: Trapp, Tiago Silva, Kurzava, van der Vil (Markinyos, 46), David Luiz, Pastore, Stambuli, Rabio (Maksvell, 61), Di Mariya (Lukas, 61), Kavani, Ibragimovich.

Amalga oshirilmagan penalti:Kavani (75).

Ogohlantirish: Shavyer (73).

Chetlatish: Karabue (74).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031