Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Liverpul” Yevropa Ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinida “Manchester Yunayted”ni mag‘lubiyatga uchratdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 129           Дата: 11-03-2016, 12:27          
Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining nimchorak final bosqichi dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Sports.ru”.

“Liverpul” Yevropa Ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinida “Manchester Yunayted”ni mag‘lubiyatga uchratdi

Ushbu bosqichning markaziy o‘yinida “Liverpul” jamoasi o‘z maydonida “Manchester Yunayted” futbolchilarini qabul qildi. Unda 2:0 hisobi qayd etilib, mersisaydliklar g‘alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo‘limning 20-daqiqasida “Manchester Yunayted” darvozasi tomon penalti belgilandi. To‘p oldiga kelgan Daniel Starrij mo‘ljalda adashmadi va uchrashuvdagi birinchi golga mualliflik qildi. O‘yinning 73-daqiqasida Roberto Firmino hisobni oshirishga muvaffaq bo‘ldi – 2:0. Shundan so‘ng hisob o‘zgarmadi va “Liverpul” javob o‘yini oldidan katta ustunlikka ega bo‘ldi.

“Manchester Yunayted” va “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini 17-mart kuni, “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bosqichning qolgan o‘yinlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yevropa Ligasi, 1/8 final. Dastlabki o‘yinlar

“Liverpul” (Angliya) – “Manchester Yunayted” (Angliya) 2:0 (1:0)

Gollar: 1:0 – 20, penalti Starrij, 2:0 – 73 Firmino.

“Bazel” (Shveysariya) – “Sevilya” (Ispaniya) 0:0 (0:0)

“Borussiya” D (Germaniya) – “Tottenxem” (Angliya) 3:0 (1:0)

Gollar: 1:0 – 30 Obameyang, 2:0 – 61 Roys, 3:0 – 70 Roys.

“Fenerbaxche” (Turkiya) – “Braga” (Portugaliya) 1:0 (0:0)

Gol: 1:0 – 82 Topal.

“Vilyarreal” (Ispaniya) – “Bayer” (Germaniya) 2:0 (1:0)

Gollar: 1:0 – 4 Bakambu, 2:0 – 56 Bakambu.

“Atletik” (Ispaniya) – “Valensiya” (Ispaniya) 1:0 (1:0)

Gol: 1:0 – 20 Raul Garsiya.

“Shaxtyor” (Ukraina) – “Anderlext” (Belgiya) 3:1 (2:0)

Gollar: 1:0 – 21 Tayson, 2:0 – 24 Kucher, 2:1 – 68 Achimpong, 3:1 – 79 Eduardo.

“Sparta” Praga (Chexiya) – “Latsio” (Italiya) 1:1 (1:1)

Gollar: 1:0 – 13 Fridek, 1:1 – 38 Parolo.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн