Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 943           Дата: 10-03-2016, 15:30          
Bugun, 10-mart kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasining majlislar zalida futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Taqdirlash marosimida O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov, birinchi vitse-prezident Sardor Rahmatullayev va O‘zbekiston futzal uyushmasi prezidenti Fazliddin Sirojiddinov ishtirok etdi.

Marosimni kirish so‘zi bilan ochib bergan Sardor Rahmatullayev futzal bo‘yicha Osiyo chempionati va uni tashkil etishda ishtirok etgan ishchi guruhining barcha a’zolariga tashakkur izhor qilib, bosh maqsad – futzal bo‘yicha Jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilganligi bilan O‘zbekiston terma jamoasini, O‘zbekiston futzal uyushmasini tabrikladi. O‘FF Bosh kotibi Sardor Rahmatullayev va O‘zbekiston futzal uyushmasi prezidenti Fazliddin Sirojiddinov terma jamoa a’zolariga gul va pul mukofotlarini topshirdi.

Shu bilan birga, futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining muvaffaqiyatli o‘tkazilishida o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining vitse-prezidenti Mustayev Ruslan Bulatovich “Universal” sport majmuasi nomidan, Nurmatov Qobil Mahmudovich esa “O‘zbekiston” sport majmuasi nomidan qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shundan keyin Sardor Rahmatullayev O‘zbekiston futzal uyushmasi vitse-prezidenti Jahongir Usmonovga O‘zbekiston futbol federatsiyasining brilliant ko‘zli nishonini topshirdi. Ushbu nishon bungacha faqat 4 kishiga – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, FIFAning sobiq prezidenti – Zepp Blatter, O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov va FIFA referisi Ravshan Ermatovga topshirilgan bo‘lib, Jahongir Usmonov ushbu ordenni qabul qilib olgan beshinchi shaxs sifatida tarixga kirdi.

Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston muxlislari klubi raisi Abdurahmon Fozilovga ham O‘FF nishoni topshirilib, futzal bo‘yicha Osiyo chempionatidagi muxlislarning madaniyati alohida ta’kidlab o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha Toshkentda o‘tkazilgan 2016-yilgi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi kumush medallarni qo‘lga kiritgan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн