Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Toshkentda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar uchun OFK va O‘FF hamkorligida seminar o‘tkazilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 670           Дата: 10-03-2016, 12:41          
Joriy yilning 7-mart kunidan boshlab, Toshkent shahrida Oliy Liga jamoalarining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylari uchun Osiyo futbol konfederatsiyasi hamda O‘zbekiston futbol federatsiyasi hamkorligida Level 1 litsenziyasi uchun o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Toshkentda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar uchun OFK va O‘FF hamkorligida seminar o‘tkazilmoqda

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar uchun tashkil qilingan o‘quv seminarlari O‘zbekistonda birinchi bor o‘tkazilmoqda. Seminarlarda Oliy Liganing 14 klubidan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylari ishtirok etyapti.

O‘quv seminarlar jarayoni 11-mart kuniga qadar davom etadi. Mashg‘ulotlar OFKning eronlik instruktori G‘ulomrizo Jahoniy tomonidan olib borilyapti. Unga O‘zbekiston futbol federatsiyasi texnik direktori Shavkat Imomov yordam bermoqda.

Shavkat Imomov seminarlarning ochilish marosimida bu o‘quv kurslarining ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassislar uchun OFK seminari O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilmoqda. Avvalroq, darvozabonlar murabbiylari uchun ham xuddi shunday, Level 1 litsenziyasi  uchun seminar o‘tkazilgan edi. Kelasi yildan OFK musobaqalarida ishtirok etadigan har bir jamoa murabbiylar shtabining har bir a’zosiga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sertifikatlarga ega bo‘lish talabi qo‘yiladi. Shu sababdan, yuqorida tilga olingan seminarlar tashkil etilmoqda.  Shuningdek, bu talab O‘zPFL reglamentiga ham kiritilishi ko‘zda tutilyapti”, — deydi Shavkat Imomov.

Seminarning nazariy mashg‘ulotlari “Ramada” mehmonxonasining majlislar zalida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, amaliy mashg‘ulotlar O‘zbekiston futbol federatsiyasi qoshidagi sun’iy qoplamali maydonda bo‘lib o‘tmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн