Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Benfika” va “PSJ” klublari YeChLning navbatdagi chorak finalchilariga aylandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 296           Дата: 10-03-2016, 09:18          
Portugaliyaning “Benfika” va Fransiyaning “PSJ” jamoalari futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasining navbatdagi chorak finalchilariga aylandi, deb xabar beradi “Olamsport”.

“Benfika” va “PSJ” klublari YeChLning navbatdagi chorak finalchilariga aylandi

Kecha, 9-mart kuni “Benfika” jamoasi nimchorak final javob o‘yinida Rossiyaning “Zenit” klubi maydoniga safar uyushtirdi. Kurashlarga boy kechgan o‘yinda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi va chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

“Benfika” va “PSJ” klublari YeChLning navbatdagi chorak finalchilariga aylandi

10-martga o‘tar kechasi “Chelsi” jamoasi Londonda “PSJ” futbolchilarini qabul qildi. Murosasiz kechgan bahsda parijliklar dastlabki o‘yindagi singari 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi.

Avvalroq, “Real” va “Volfsburg” jamoalari YeChLning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Yevropa Chempionlar Ligasi. 1/8 final, javob o‘yinlari

“Zenit” (Rossiya) — “Benfika” (Portugaliya) – 1:2 (0:0)

Gollar: 1:0 – 69 Xalk, 1:1 – 85 Gaytan, 1:2 – 90 Taliska.

“Zenit”: Lodigin, Anyukov (Smolnikov, 58), Netu, Lomberts, Jirkov, Maurisio (Yusupov, 82), Vitsel, Kokorin (Shatov, 58), Danni, Xalk, Zyuba.

“Benfika”: Ederson, Nelson, Semedu, Samaris, Edizeu, Lindelef, Pitssi (Salvio, 73), Feysa, Sanshesh, Gaytan, Mitroglu (Ximenes, 67), Jonas (Taliska, 90)

Ogohlantirishlar: Mitroglu (36), Pitssi (49), Xalk (90)

Dastlabki uchrashuv: 0:1

“Chelsi” (Angliya) — “PSJ” (Fransiya) – 1:2 (1:1)

Gollar: 0:1 – 16 Rabyo, 1:1 – 27 Diyego Kosta, 1:2 – 67 Ibragimovich

“Chelsi”: Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ivanovich, Kenedi, Obi Mikel, Fabregas, Pedro, Villian, Azar (Oskar, 77), Diyego Kosta (Traore, 60).

“PSJ”: Trapp, Markinyos, Tiago Silva, David Luiz, Maksvell, Rabyo, Motta, Matyuidi (van der Vil, 87), Di Mariya (Kavani, 82), Ibragimovich, Lukas (Pastore, 77).

Ogohlantirishlar: Rabyo (34), Motta (41), Fabregas (45), Obi Mikel (53), Matyuidi (86), Ivanovich (90)

Dastlabki uchrashuv: 1:2

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн