Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rossiyalik referi Yuriy Kopsev: Referi Chagayev — Braun jangini to‘xtatib to‘g‘ri qaror qabul qilgan

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 275           Дата: 9-03-2016, 16:28          
Rossiyalik mashhur boks referisi Yuriy Kopsev o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev va avstraliyalik Lukas Braun o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jang haqida fikr bildirar ekan, ushbu jangda Braun haqli ravishda g‘alaba qozonganini ta’kidladi, deb xabar beradi “Bigmir.net”.

Rossiyalik referi Yuriy Kopsev: Referi Chagayev — Braun jangini to‘xtatib to‘g‘ri qaror qabul qilgan

“Jang to‘xtatilishi borasida savollar juda ko‘p. Agar jangni jonli ravishda yoki takroran kuzatgan bo‘lsangiz, Chagayev 8—9 zarbani o‘tkazib yuborganini payqaysiz. Agar jang to‘xtatilmaganida biz ikkinchi Abdusalamov guvohiga aylanar edik. Bunday hollarda yoki jangni to‘xtatish yoki nogironlar aravachasiga murojaat qilish kerak bo‘lib qoladi. Mening shaxsiy fikrim – referi jangni to‘xtatib to‘g‘ri qaror qabul qilgan. Bo‘lajak chempionlarga maslahatim: taktika va himoya ustida ko‘proq ishlash kerak”, — deb ijtimoiy tarmoqlarda yozadi Yuriy Kopsev.

Eslatib o‘tamiz, 6-martga o‘tar kechasi superog‘ir vazn toifasida Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA)ning muntazam chempioni hisoblangan Ruslan Chagayev Lukas Braunga qarshi kechgan 12 raundlik jangning 10-raundida texnik nokautga uchrab, chempionlik kamarini boy berdi.

Izoh: 2013-yilning 2-noyabrida Mayk Peres bilan jangdan so‘ng rossiyalik bokschi Magomed Abdusalamov 3 haftaga koma holatiga tushib qolgan. Hozirgi kunga kelib uning tanasining o‘ng tomoni falaj bo‘lib qolgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн