Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OAV: Sharapova 2015-yilning dekabr oyida meldoniy taqiqlangani haqida kamida beshta xabarnoma olgan

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 504           Дата: 9-03-2016, 16:28          
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova 2016-yilning 1-yanvaridan taqiqlangan preparatlar ro‘yxatiga kiritilgan meldoniy haqida 2015-yilning dekabr oyida kamida beshta xabarnoma olgan. Bu haqda The Times’ga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

OAV: Sharapova 2015-yilning dekabr oyida meldoniy taqiqlangani haqida kamida beshta xabarnoma olgan

7-mart, dushanba kuni Los-Anjelesdagi maxsus matbuot anjumani chog‘ida Mariya Sharapova 2016-yilgi Avstraliya ochiq chempionatidan undan olingan namunalarda man etilgan dori — meldoniy topilganini tan oldi.

Nashrning qayd qilishicha, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) meldoniyni taqiqlangan preparatlar ro‘yxatiga kiritilishi haqida sportchilarga 2015-yilning sentabr oyidan boshlab xabarnoma bera boshlagan. Shuningdek, Mariya Sharapova bu haqda xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) hamda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan xabardor etilgan.

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) Sharapovaning 2016-yil, 26-yanvarda topshirgan doping-testi ijobiy chiqqanini ma’lum qilgandi. 2-mart kuni esa unga taqiqlangan preparat qabul qilinganlikda ayblov qo‘yilgan. Uning ishi borasida qaror e’lon qilinguniga qadar rossiyalik tennischi barcha WTA turnirlaridan diskvalifikatsiya qilindi. Ushbu diskvalifikatsiya 2016-yilning 12-martidan kuchga kiradi.

Mariya Sharapovaning ishi bo‘yicha dastlabki eshituvlar joriy yilning 23-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid:

  • TAG Heuer brendi Mariya Sharapova bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi
  • Mariya Sharapovaning doping mojarosi tufayli Nike u bilan hamkorlikni to‘xtatdi
  • Rossiyalik konkida yuguruvchi sportchi Pavel Kulijnikov taqiqlangan meldoniy preparatini iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi
- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн