Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Braziliya termasi bosh murabbiyi Dunga Neymarning Rio–2016 ning futbol turnirida ishtirok etishini xohlayapti

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 438           Дата: 9-03-2016, 12:08          
Futbol bo‘yicha Braziliya milliy va olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Dunga “Barselona” hujumchisi Neymarning Rio–2016 o‘yinlarida mamlakat termasi safida ishtirok etishini xohlayapti, deb xabar bermoqda “TASS”.

Braziliya termasi bosh murabbiyi Dunga Neymarning Rio–2016 ning futbol turnirida ishtirok etishini xohlayapti

Braziliyaning milliy va olimpiya terma jamoasi 2016-yilning yozida futbol bo‘yicha AQShda o‘tkaziladigan Amerika Kubogi va Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi. Dunga Neymarning mazkur turnirlarda ishtirokini ta’minlash uchun “Barselona” rahbariyati, murabbiylar shtabi va hujumchining o‘zi bilan uchrashish maqsadida Ispaniyaga tashrif buyurdi.

Dunganing aytishicha, Neymar bo‘lib o‘tadigan turnirlarning har ikkalasida ishtirok etmoqchi. Ammo katalon klubi rahbariyati Neymarning jismoniy zo‘riqishining oldini olish uchun uning bo‘lajak turnirlarda ishtirok etishiga qarshilik ko‘rsatmoqda.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi “Barselona” vakillarini Neymarga ikkala turnirda ishtirok etishga ko‘ndira olmasa, u hujumchining hech bo‘lmasa Olimpiada o‘yinlaridagi ishtirokini ta’minlamoqchi.

Futbol bo‘yicha Olimpiada o‘yinlarida Braziliya biror marta ham muvaffaqiyat qozona olmagan. Shu sababli, Dunga o‘z vatanida bo‘lib o‘tadigan musobaqada g‘olib chiqish muhim ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Rio—2016 o‘yinlari 2016-yilning 5-avgustidan 21-avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031