Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Mariya Sharapovaning doping mojarosi tufayli Nike u bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 412           Дата: 8-03-2016, 12:08          
Sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi AQShning Nike kompaniyasi rossiyalik tennischi Mariya Sharapovaning doping mojarosi tufayli u bilan hamkorlikni to‘xtatdi, deb xabar beradi “TASS”.

Mariya Sharapovaning doping mojarosi tufayli Nike u bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Kecha, 7-mart kuni  rossiyalik tennischi, dunyoning eng boy ayol sportchisi Mariya Sharapova Los-Anjelesdagi maxsus matbuot anjumani chog‘ida 2016-yilgi Avstraliya ochiq chempionatida undan olingan namunalarda man etilgan preparat — meldoniy topilganini tan oldi.

“Sharapova borasidagi xabarlar bizni hayratga soldi va ranjitdi. Kompaniya uning doping mojarosi bo‘yicha ishlar davom etguniga qadar u bilan o‘zaro hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz”, — deyiladi Nike kompaniyasining press-relizida.

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) Sharapovaning 2016-yil, 26-yanvarda topshirgan doping-testi ijobiy chiqqanini ma’lum qilgandi. 2-mart kuni esa unga taqiqlangan preparat qabul qilinganlikda ayblov qo‘yilgan. Uning ishi borasida qaror e’lon qilinguniga qadar rossiyalik tennischi barcha WTA turnirlaridan diskvalifikatsiya qilindi. Ushbu diskvalifikatsiya 2016-yilning 12-martidan kuchga kiradi.

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Sharapovaning ishi bo‘yicha ITF o‘z qarorini e’lon qilmagunicha, uning ishi haqida hech qanday izoh bermaydi.

Nike’dan tashqari Sharapova Cole Haan (oyoq kiyim va aksessuarlar), TAG Heuer (soatlar), Head (tennis anjomlari), Samsung (mobil telefonlar), Evian (ichimlik suvi) va Porsche (avtomobillar) kompaniyalari bilan shaxsiy hamkorlik shartnomalariga ega.

Ma’lumot uchun, meldoniy (mildronat) preparati S4 (gormon va metobolizm modulyatorlari) sinfiga kiradi va WADA’ning taqiqlangan preparatlar ro‘yxatidan joy olgan. Mazkur preparat sportda organizmning jismoniy holatini yaxshilash va ruhiy zo’riqish oldini olish uchun iste’mol qilinadi. Joriy yilning 1-yanvaridan meldoniy preparatini qabul qilish antidoping qoidalarining buzilishiga olib keladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн