Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

La Liga, 28-tur. Ronalduning pokeri “Real”ga “Selta” ustidan yirik g‘alaba keltirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 305           Дата: 6-03-2016, 02:50          
Ispaniya chempionati 28-turida “Real” hamda “Selta” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Mazkur o‘yinda madridliklar 7:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.

La Liga, 28-tur. Ronalduning pokeri “Real”ga “Selta” ustidan yirik g‘alaba keltirdi

Uchrashuvning 41-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Pepe hisobni ochdi va dastlabki bo‘lim 1:0 hisobida yakunlandi. Qolgan barcha gollarni muxlislar ikkinchi bo‘limda ko‘rdi.

“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Selta” darvozasini ketma-ket to‘rt marotaba ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Uning gollari 50, 58, 64 va 76-daqiqalarda kiritildi. 77-daqiqada Xese Rodriges, 81-daqiqada esa jarohatidan tiklanib safga qaytgan Garet Beyl gol kiritdi. “Real”ning kiritgan barcha gollariga “Selta” hujumchisi Yago Aspas bitta gol bilan javob qaytardi.

“Real” navbatdagi g‘alabadan so‘ng ochkolar sonini 60 taga yetkazib, uchinchi o‘rinda qoldi. “Selta” 42 ochko bilan hozircha oltinchi pog‘onani band qilib turibdi.

Qayd etish joiz, Krishtianu Ronaldu bugungi  o‘yindan so‘ng Ispaniya chempionatida kiritgan gollari sonini 27 taga yetkazib, to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamga aylandi. “Barselona” hujumchisi Luis Suares 25 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ispaniya chempionati, 28-tur

“Real Madrid” – “Selta” 7:1 (1:0)

Gollar: 1:0 – 41 Pepe, 2:0 – 50 Ronaldu, 3:0 – 58 Ronaldu, 3:1 – 62 Aspas, 4:1 – 64 Ronaldu, 5:1 – 76 Ronaldu, 6:1 – 77 Xese, 7:1 – 81 Beyl.

“Real Madrid” – Navas, Ramos, Karvaxal (Marselo, 77), Danilo, Pepe, Kovachich, Kazemiro, Isko (Beyl, 65), Vaskes, Ronaldu, Mayoral (Xese, 70).

“Selta” – Blanko, Malyo, Planas, Kastro, Gomes, Vass (Bovyu, 77), Dias, Ernandes (Radoya, 35), Orelyana, Nolito, Aspas (Gvidetti, 67).

Ogohlantirishlar: Danilo (25), Pepe (29), Nolito (40), Kastro (59), Orelyana (85).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн