Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Ertangi kun sporti” futbol festivalida O‘zbekiston o‘smirlari ikkinchi o‘rin sohibiga aylandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 108           Дата: 5-03-2016, 16:50          
Joriy yilning 1—4-mart kunlari Toshkent shahrida Yaponiya futbol assotsiyatsiyasi hamda O‘zbekiston futbol federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Ertangi kuni sporti” xalqaro o‘rtoqlik futbol festivali o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Ertangi kun sporti” futbol festivalida O‘zbekiston o‘smirlari ikkinchi o‘rin sohibiga aylandi

Ushbu turnirda O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron hamda Yaponiya o‘smirlar terma jamoalari ishtirok etdi.

1-mart, seshanba kuni musobaqaning 1-turi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki turda Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Turkmanistonni yirik — 5:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Ikkinchi uchrashuvda Yaponiya hamda Eron jamoalari 0:0 hisobida durang natija qayd etdi.

2-mart, chorshanba kuni esa ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Yaponiya U-16 terma jamoasi turkmanistonlik tengdoshlarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘zbekiston U-16 termasi esa Eron o‘smirlariga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

4-mart, juma kuni ushbu o‘rtoqlik turniri doirasidagi so‘nggi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Dastlab maydonga Eron hamda Turkmaniston o‘smirlar terma jamoalari tushdi. Ushbu uchrashuvda Eron U-16 terma jamoasi yirik — 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan turnirning so‘nggi o‘yinida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi. O‘yinda yaponiyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, xalqaro o‘rtoqlik futbol festivali g‘olibi bo‘ldi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi esa ikkinchi o‘rin sohibiga aylandi.

“Ertangi kun sporti—2016”

04.03.2016, Toshkent, “Jar” stadioni

O‘zbekiston U-16 – Yaponiya U-16 — 0:2 (0:0)

Gollar: Suganava Yokinori 73, Xirota Yamada 86

O‘zbekiston U-16: 1.Xojiakbar Jo‘rayev, 4.Ixtiyor Xoldorov, 6.Mardon Abdullayev (36.Shuhrat Ne’matov, 61), 7.Oston O‘runov (14.Ibrohim G‘anixonov, 90+4), 9.Bahrom Soatov, 10.Rasul Yo‘ldoshev, 23.G‘ayrat Azizxo‘jayev, 50.Burhon Hasanov (11.Asadbek Sobirjonov, 25) (8.Valeriy Akopov, 86), 16.Alfayzi Ne’matov (32.Abdunozir Abdurahmonov, 63), 17.Abubakir Mo‘ydinov (3.Shoxzamon Xayrullayev, 83), 19.Islom Karimov.

Yaponiya U-16: Aoki, Seko, Suganava, Kobayashi, Kuvaxara, Karo, Xirakava, Fukuoka, Nakamura, Kubo, Miyashiro.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Keminotsu, Suzuki, Kozuki, Yamada, Avaro.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн