Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda ayollar futbolini ommalashtirish bo‘yicha Germaniya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 928           Дата: 5-03-2016, 16:50          
2015-yilda Toshkent shahrida birinchi bor oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘tkazilgan ayollar turniri muvaffaqiyatli o‘tgach, O‘zbekistonda ayollar futbolini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Germaniya elchixonasi O‘zbekiston futbol federatsiyasi va ayollar futbol uyushmasi bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Bu haqda Germaniya Federativ Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasining Madaniyat va matbuot bo‘limi “Daryo” nashriga ma’lum qilgan.

O‘zbekistonda ayollar futbolini ommalashtirish bo‘yicha Germaniya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Shu munosabat bilan 2015-yilning 5-dekabridan 2016-yilning 4-martiga qadar O‘zbekistonda Germaniya bilan hamkorlikda ayollar futboli bo‘yicha o‘zbekistonlik murabbiylar malakasini oshirish loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida O‘zbekiston ayollar futbol uyushmasi bilan hamkorlikda Germaniya TIV va Germaniya olimpiya sport ittifoqi (DOSB) tomonidan seminar va treninglar tashkil etildi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun germaniyalik murabbiy, ayollar futboli bo‘yicha Pro litsenziyasi sohibi va FIFA loyihalarini rivojlantish bo‘yicha sobiq maslahatchi Monika Shtaab xonim O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

2015-yilning 9–23-dekabr kunlari Qarshi shahrida ayollar futboli bo‘yicha murabbiylar uchun, 2016-yilning yanvar oyida esa Olmaliq shahrida darvozabonlar uchun 4 kunlik seminarlar o‘tkazildi. Shundan so‘ng Toshkent shahrida ayollar futboli bo‘yicha murabbiylar malakasini oshirish uchun 10 kunlik seminarlar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda ayollar futbolini ommalashtirish bo‘yicha Germaniya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Germaniya olimpiya sport ittifoqi Shtaab xonimga seminar va treninglarda foydalanish uchun bir qator sport anjomlarini taqdim etdi. Loyiha yakunida ular O‘zbekiston ayollar futboli uyushmasiga topshirildi.

Shtaab xonim, shuningdek, loyiha doirasida O‘zbekiston ayollar qo‘mitasi, bolalar sportini rivojlantirish fondi, Xalq ta’limi vazirligida bolalar sportini rivojlantirish boshqarmasi va O‘zbekiston futbol federatsiyasida sermahsul uchrashuvlar o‘tkazdi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн