Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Ertangi kun sporti” futbol musobaqasida O‘zbekiston U-16 termasi Eronni mag‘lubiyatga uchratdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 741           Дата: 3-03-2016, 20:50          
Yaponiya futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston futbol federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Ertangi kun sporti” futbol festivali doirasida ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

“Ertangi kun sporti” futbol musobaqasida O‘zbekiston U-16 termasi Eronni mag‘lubiyatga uchratdi

Kecha, 2-mart kuni musobaqaning ikkinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi “Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan kunning birinchi o‘yinida Yaponiya U-16 terma jamoasi turkmanistonlik tengdoshlarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda O‘zbekiston U-16 termasi Eron o‘smirlariga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu xalqaro o‘rtoqlik turnirining so‘nggi o‘yinlari 4-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Eronlik o‘smirlar esa turkmanistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga chiqadi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu turnir O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun shu yilning sentabr oyida, Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki turda Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Turkmanistonni yirik — 5:1 hisobida mag‘lub etgan edi. 1-turning ikkinchi uchrashuvida Yaponiya hamda Eron jamoalari 0:0 hisobida durang natija qayd etgandi.

“Ertangi kun sporti—2016”

02.03.2016, Toshkent, “Jar” stadioni

O‘zbekiston U-16 — Eron U-16 – 2:1

Gollar: Abdunozir Abdurahmonov (47), Shuhrat Ne’matov (67) — Namdari (14).

Yaponiya U-16 — Turkmaniston U-16 – 1:0

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031