Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ro‘ziqul Berdiyev: “Al-Ahli”ni o‘rganganimiz o‘z samarasini berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 277           Дата: 3-03-2016, 11:00          
Kecha, 2-mart kuni Osiyo Chempionlar Ligasi “D” guruhi 2-turida Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi bilan bahs olib borib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi, deb xabar beradi “Championat.asia”.

Ro‘ziqul Berdiyev: “Al-Ahli”ni o‘rganganimiz o‘z samarasini berdi

- G‘alaba bilan barcha muxlislarni tabriklayman. “Al-Ahli”ni o‘rganganimiz o‘z samarasini berdi. Ayniqsa, hisob qisqarganidan keyingi vaziyatlar haqida ham alohida gapirib o‘tish mumkin, — deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

- Balki biz ham ayyorlikni o‘rganarmiz, hadeb arablarni o‘yinini tomosha qilmasdan?

- Atayin o‘rgatmaymiz. Lekin ayrim futbolchilar shunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni biladi.

- Erkin Boydullayevning qizil kartochkasiga berilgan apellyatsiyaning javobi qanday bo‘ldi?

- Buni OFK bir oy davomida ko‘rib chiqar ekan. Shuning uchun bugungi vaziyatda uning xizmatidan foydalana olmadik.

- Ko‘rindiki, raqib himoyasida muammolar yetarlicha bo‘ldi. Nima uchundir, birinchi bo‘limda yarim himoyachilar juda ham yaxshi vaziyatda turgan hujumchilarga to‘g‘ri pas bera olmadi…

- “Al-Ahli” himoyasining bo‘shligini biz ham bilardik. Menimcha, kuchli hayajon va bosim tufayli hujum hamda yarim himoya o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limda esa bu muammoni yechgandek bo‘ldik.

- Dilshod Rahmatullayevda sariq kartochka bo‘lishiga qaramay, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida raqib futbolchisi bilan aytishdi. Hakamning og‘zaki ogohlantirishiga qaramay tinchishni istamadi. Bu jamoaga qimmatga tushishi mumkin edi…

- To‘ppa–to‘g‘ri. Aynan shu vaziyat boshlanganida Arturni chaqirib Dilshodni hovuridan tushirishi lozimligini aytmoqchi bo‘lgan edim, ammo muxlislarga to‘la stadionda buni uddasidan chiqa olmadik. U bilan mazkur vaziyat haqida gaplashamiz. Sababi keyingi o‘yinlarda bunday muammolar bo‘lishi kerak emas.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн