Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“Al-Ahli” bosh murabbiyi Kristian Gross: “Nasaf”ning yarim himoyasi rejalarimizni barbod qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 230           Дата: 3-03-2016, 11:00          
Kecha, 2-mart kuni Osiyo Chempionlar Ligasi “D” guruhi 2-turida Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi bilan bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Kristian Gross qatnashdi, deb xabar beradi “Championat.asia”.

“Al-Ahli” bosh murabbiyi Kristian Gross: “Nasaf”ning yarim himoyasi rejalarimizni barbod qildi

- “Nasaf”ga qarshi keskin uchrashuv guvohi bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘zgarib ketdi. Natijada ikkita gol o‘tkazib yubordik. Shunga qaramay, 60 daqiqa yaxshi o‘ynadik, deb o‘ylayman. Penaltidan hisobni qisqartirgan bo‘lsak-da, durangga erisha olmadik, — deydi Gross.

- Ikki nafar yetakchi futbolchisiz qiynaldingizmi?

- Bu narsa bizga bahona bo‘la olmaydi. Muammo yetakchilarda emas, o‘sha 60 daqiqa o‘yinimizni 90 daqiqaga yetkaza olmaganimizda bo‘ldi. Futbolchini safdan tushib qolishini yaxshi klub muammo sifatida ko‘rsatishi kerak emas. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni chempionligi uchun ham kurash olib borayotganimizni inobatga olsak, bunday holatlarga doimo tayyor turish kerak.

- O‘sha 60 daqiqa, nima uchun 90 daqiqaga cho‘zilmadi?

- Sababi “Nasaf” ham yaxshi jamoa. Jamoaning yarim himoya chizig‘i ko‘p hollarda rejalarimizni o‘zgartirdi.

- Bugungi “Nasaf”ning qaysi futbolchisini o‘z safingizda ko‘rishni istagan bo‘lardingiz?

- Avvalo bu to‘g‘ri savol emas. “Nasaf” jamoa sifatida yaxshi o‘yin olib bordi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн