Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OChL, 2-tur. “Nasaf” Qarshida “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 346           Дата: 3-03-2016, 03:00          
Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turi doirasidagi Qarshining “Nasaf” hamda Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv yakunlandi, deb xabar qiladi “Championat.asia”.

OChL, 2-tur. “Nasaf” Qarshida “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

O‘yinning 47-daqiqasida Shuhrat Muhammadiyev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va to‘pni ohista Abduxoliqovga tashlab berdi, Bobir esa bo‘sh darvozani nishonga oldi — 1:0.

59-daqiqada Shuhrat Muhammadiyev yana o‘ng qanotdan hujumga o‘tdi, u to‘pni oshirib o‘tirmasdan darvozaga zarba berdi, posbon bir amallab to‘pni qaytardi, qaytib chiqqan to‘pni Maqsud Karimov darvozaga yo‘lladi — 2:0.

69-daqiqada hakam “Nasaf” darvozasi tomon penalti belgiladi. Uni Muhannad Asiri aniq bajarib, hisobni qisqartirdi — 2:1. O‘yin mana shu hisob bilan o‘z yakuniga yetdi va “Nasaf” 2016-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida o‘zining ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

OChL, “D” guruhi. 2-tur.

2-mart, chorshanba

“Nasaf” (O‘zbekiston) – “Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) 2:1 (0:0)

Gollar: Bobir Abduxoliqov (47), Maqsud Karimov (59) — Muhannad Asiri (69-pen.).

“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 6.Aziz G‘aniyev, 7.Shuhrat Muhammadiyev, 9.Ilhom Shomurodov, 10.Dilshod Rahmatullayev, 17.Artur Gevorkyan, 18.Bahrom Abdurahimov, 23.Sherzod A’zamov, 31.Saydullo Rahmatov, 45.Bobir Abduxoliqov (14.Sharof Muhiddinov 90).

“Al-Ahli”: 22. Abdulloh Mayouf, 5. Fahad Hamad, 6. Muhammad Fatil, 11. Husayn Mugavi (4. Volid Bahshin 63) 14.Muhannad Asiri, 15. Solih Amri, 20. Islom Seraj (47.Mustaa Albassas 63) 26. Muhammad Aman, 70.Markino, 77. Amiri Kurdi, 99. Komil Musa.

Ogohlantirishlar: Sherzod A’zamov (40), Dilshod Rahmatullayev (49) — Muhammad Aman (20), Fahad Hamad (29), Husayn Mugavi (49), Volid Bahshin (73).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн