Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OChL, 2-tur. “Paxtakor” “Al-Hilol”ga yirik hisobda yutqazdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 912           Дата: 3-03-2016, 03:00          
Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turidan o‘rin olgan “Al-Hilol” – “Paxtakor” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.

OChL, 2-tur. “Paxtakor” “Al-Hilol”ga yirik hisobda yutqazdi

Uchrashuvning 31-daqiqasida o‘ng qanotdan Sherzod Karimovning havolatib uzatib bergan to‘pini Igor Sergeyev boshi bilan darvozaga yo‘lladi — 0:1. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilgani yo‘q.

56-daqiqada Abdulloh Al Zori o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga kiritib qo‘ydi — 1:1. Keyingi daqiqada yana o‘sha Abdulloh Al Zori chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydoniga to‘p uzatdi, Adnan Oraxovats boshi bilan to‘pni o‘z darvozasiga kirib yubordi — 2:1.

61-daqiqada Xolid Kaabi sherigi oshirgan to‘pni jarima maydoniga kirib borib darvozaga yo‘lladi — 3:1. Oradan biroz o‘tib Xolid Kaabi Muhammad Al Shlhub tomonidan oshirilgan to‘pni bo‘sh darvozaga yo‘llab dublga erishdi — 4:1. O‘yinda boshqa gol urilmadi va “Paxtakor” safarda yirik hisobdagi mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda “Al-Jazira” o‘z uyida “Traktorsozi”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. Ayni vaqtda “Traktorsozi” 6 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda. “Al-Hilol”da 4, “Paxtakor”da 1 ochko mavjud, “Al-Jazira” esa hozircha ochko to‘play olgani yo‘q.

OChL—2016. “C” guruhi. 2-tur.

2-mart, chorshanba

“Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) — “Paxtakor” (O‘zbekiston) — 4:1 (0:1)

Gollar: Abdulloh Al Zori (56), Adnan Oraxovats (57-avtogol), Xolid Kaabi (61, 79) — Igor Sergeyev (31).

“Al-Hilol”: 1.Xolid Sharaxili, 2.Muhammad Al Burayk, 3.Karlos Eduardo (6.Muhammad Al Qarni, 75), 4.Abdulla Al Zori, 5.Ahmad Sharaxili, 9.Ailton, 10.Muhammad Al Shlhub, 11.Abdulaziz Al Davsari (15.Nosir Al Shamroni, 58), 14.Saud Kariri, 23.Kvak Tae Xvi, 25.Faysal Darvish (19.Xolid Kaabi, 46)

“Paxtakor”: 1.Nikita Ribkin, 4.Adnan Oraxovats, 7.Azimjon Ahmedov (5.Akbar Ismatullayev, 58), 8.Sherzodbek Karimov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Igor Sergeyev, 15.Javohir Sohibov, 19.Suhrob Berdiyev (9.Jaloliddin Masharipov, 64), 21.Kamoliddin Tojiyev, 24.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreyev (29.Vladimir Kozak, 71).

Ogohlantirishlar: Kamoliddin Tojiyev (26), Jamshid Iskanderov (87).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Спорт  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн